Keyingi yillarda o’zbeklarning laqay, kenagas, mang’it va qipchoq singari katta urug’lari Tojikistonda alohida millat sifatida ro’yxatga olina boshladi. Bu rasmiylarning oriylik da’vosidagi milliy siyosatiga uyg’un ehtimol. Tojikistonda o’zbeklar o’z haqlari uchun kurashning turli yo’llaridan bormoqda. Bundan ikki yil muqaddam respublika shimoli, So’g’d viloyatida mahalliy ziyolilar tashabbusi bilan o’zbeklar ma’naviyat va ma’rifat Markazi tashkil etilgan edi. Ayni kunlarda Xo’jand va uning atrofidagi o’nga yaqin nohiyalarda Markaz bo’limlari faol ish yuritmoqda. Tojikistondagi o’zbek ijodkorlari asarlari targ’iboti va taniqli kishilar hurmatini yuqori ko’tarish, inson haqlari himoyasi bu Markaz faoliyatining asosini tashkil etadi.
O'zbeklar Tojikistonda o'z haqlari uchun madaniy kurash boshlagan, Ravshan Shams olgan suratlar

37
Jurnalist Hakimjon Zokirov mehmonlardan tabrik qabul qilmoqda

38
Ko'hna qal'aning yangi devori ostonasida

39
Konibodom nohiyasining Niyozbek qishlog'idagi 36-o'rta maktab yosh ijodkorlari Sug'd viloyt o'zbeklar Markazida

40
Konibodom shahrida o'zbek tarjimoni ijodiy-madaniy kechasi