Butun Markaziy Osiyoda kuzatilganidek, Tojikistonda ham qishning so’nggi kunlari bahor erta kelganday, ko’klam nafasi ufurib dehqon etagiga shamol urgandek edi go’yo.
Ammo 8-mart kechasi bilan yo’g’ib chiqqan qor erta tonggacha butun mintaqani oppoq to’shakka burkadi.
Uyidagi sandali va pechkalarini buzib qo’yganlar yana qayta issiq tanchalar o’rnatdi, chorva uchun ko’klamgi yaylovga yetdik deganlar yana xashak va yem bozoriga otlandi.
Ta’mirtalab eski ko’chalar loy va suv halaqali bilan to’ldi. Izg’irin bo’lsa-da, tashqarida hayot davom etmoqda. Hamma ro’zg’or tashvishlari bilan band.
Tojikistonda hanuz qishning nafasi kezmoqda

5
Tojikiston janubida bodom gullagan, tog'li qishloqlarda mevali daraxtlar kurtak yoza boshlagan edi. Bahorgi qor dehqonlar sho'rini quritishi mumkin.

6
Bozorga sumalak chiqdi.

7
Bu ko'chalar sho'rolar davridan beri asfaltlanmagan.

8
Izg'irinli havoda Tojikiston bayrog'i hilpiramoqda.