Butun Markaziy Osiyoda kuzatilganidek, Tojikistonda ham qishning so’nggi kunlari bahor erta kelganday, ko’klam nafasi ufurib dehqon etagiga shamol urgandek edi go’yo.
Ammo 8-mart kechasi bilan yo’g’ib chiqqan qor erta tonggacha butun mintaqani oppoq to’shakka burkadi.
Uyidagi sandali va pechkalarini buzib qo’yganlar yana qayta issiq tanchalar o’rnatdi, chorva uchun ko’klamgi yaylovga yetdik deganlar yana xashak va yem bozoriga otlandi.
Ta’mirtalab eski ko’chalar loy va suv halaqali bilan to’ldi. Izg’irin bo’lsa-da, tashqarida hayot davom etmoqda. Hamma ro’zg’or tashvishlari bilan band.
Tojikistonda hanuz qishning nafasi kezmoqda

13
Yuk mashinasi qor ostida.

14
Har safar qor va yomg'irdan so'ng ko'cha qirg'og'idagi ariq loyqa suvga to'ladi.

15
Qor bozor yo'laklarini abgor holatga keltirgan, ammo savdo to'xtamaydi.

16
Bu quvurlarga O'zbekistondan tabiiy gaz kelmay qo'yganiga ko'p yillar bo'ldi.