Tojikiston o’zbeklari orasidan mintaqada el orasida mashhur bo’lgan ko’plab insonlar yetishib chiqqan: akademik Toshmuhammad Qori Niyoziy, kinorejissyor va aktyor Komil Yormatov, shoir Ashirmat Nazarov, so’z ustasi Hojiboy Tojiboyev va boshqalar. Shoir Maftun Jo’ra - Toshtemir Jo’raboyev ham ana shunday el ardoqlagan ijodkor o’zbeklardan edi. Ilmga chanqoqlik, ijodkorlikka qiziqish uni yurtga mashhur qildi. Yosh bo’lishiga qaramay respublikada yuksak martabaga o’sib etdi. Tojikiston mustaqilligining ilk yillarida u respublika hukumatidagi birinchi o’nlikdan joy olgan davlat arbobi bo’ldi, BMTning tarixiy 50-chi sessiyasida prezident bilan ishtirok etdi.
Tojikistonda o'zbeklar o'z namoyandalari bilan faxrlanadi

9
To'kin dasturxon qoshida shoir bilan mahallada birga o'sganlar yig'ilishgan

10
Taniqli hofiz O'rinbek Hamdamov shoir nomidagi mukofot kimga nasib etganini e'lon qilmoqda

11
Shoirning umr yo'ldoshi Zulayho (chapda) va singillari E'tiborxon tadbirdan mamnun bo'lishdi

12
Bemor shoira Zulfiya Boboyeva Maftun Jo'ra nomidagi mukofot laureati deb topildi