Tojikiston o’zbeklari orasidan mintaqada el orasida mashhur bo’lgan ko’plab insonlar yetishib chiqqan: akademik Toshmuhammad Qori Niyoziy, kinorejissyor va aktyor Komil Yormatov, shoir Ashirmat Nazarov, so’z ustasi Hojiboy Tojiboyev va boshqalar. Shoir Maftun Jo’ra - Toshtemir Jo’raboyev ham ana shunday el ardoqlagan ijodkor o’zbeklardan edi. Ilmga chanqoqlik, ijodkorlikka qiziqish uni yurtga mashhur qildi. Yosh bo’lishiga qaramay respublikada yuksak martabaga o’sib etdi. Tojikiston mustaqilligining ilk yillarida u respublika hukumatidagi birinchi o’nlikdan joy olgan davlat arbobi bo’ldi, BMTning tarixiy 50-chi sessiyasida prezident bilan ishtirok etdi.
Tojikistonda o'zbeklar o'z namoyandalari bilan faxrlanadi

17
Yosh shoira Gulhayo Xudoyberdiyeva (o'rtada) tog'asining izidan bormoqda

18
Mustaqillikning dastlabki yillarida xalq deputati bo'lgan o'zbek jurnalisti Abdurasul Habibov shoirning hayot yo'li haqida xotiralardan so'zladi

19
Sinfdoshlar shoirning kuyga solingan qo'shiqlarini tinglashmoqda

20
Maftun Jo'raning chopdan yangi chiqarilgan kitoblari yoshlarga taqdim etildi, ular kitobni sevib mutoola qilishmoqda