BMT Xavfsizlik kengashi Isroil va XAMASni o'zaro otishmani zudlik bilan to'xtatishga chaqiruvchi qaror qabul qildi. G'azoda ikki haftadan beri davom etayotgan havo hujumlarida 500 dan ziyod falastinlik halok bo'lgan, Isroil tomonidan esa bir necha askar o'lgan.
BMT Xavfsizlik kengashi G'azoda otishmani zudlik bilan to'xtatishga chaqirdi

1
Falastinliklar Isroil hujumidan vayron bo'lgan binoda qutqaruv ishlarini olib bormoqda, G'azo, Falastin, 21-iyul, 2014-yil.

2
Isroilliklar Falastindan raketa otilgani haqida ogohlantiruvchi sirena ovozi yangrashi ortidan uylariga kirib yashirinmoqda, Tel-Aviv, 21-iyul, 2014-yil.

3
Falastinliklar Isroil havo hujumi oqibatida vayron bo'lgan uy xarobalari ostidan halok bo'lgan odamning jasadini olib chiqmoqda, G'azo, Falastin, 21-iyul, 2014-yil.

4
Isroil askarlari va og'ir zirhli harbiy texnikalar G'azoga qarab yurmoqda, 21-iyul, 2014-yil.