Afrikaning 50 mamlakati davlat rahbarlari ishtirokida Vashingtonda o'tgan AQSh-Afrika yetakchilari anjumani nihoyasiga yetdi. Unda AQSh va qit'a o'rtasida keng qamrovli munosabatlarni rivojlantirish masalalari muhokama etildi. Vashington tez rivojlanayotgan Afrika mamlakatlariga sarmoya miqdorini oshirish haqida tomonlar bilan alohida yig'inlar o'tkazdi.
AQSh-Afrika sammiti nihoyasiga yetdi

1
(Chapdan) Gana prezidenti Jon Dramani Mahama, Gana Moliya vaziri Set Terkper, AQSh Davlat kotibi Jon Kerri va Ming yillik muammosi korporatsiyasi rahbari Dana Hayd AQSh Davlat departamentida o'tgan yig'inda, Vashington, 5-avgust, 2014-yil.

2
Gambiya prezidenti Yahyo Jammeh va uning rafiqasi Zinab Jammeh AQSh prezidenti Barak Obama uyushtirgan ziyofat kechasiga tashrif buyurmoqda, Vashington, 5-avgust, 2014-yil.

3
AQSh Davlat kotibi Jon Kerri (chapda) va Gana prezidenti Jon Dramani Mahama AQSh Davlat departamentida o'tgan yig'inda, Vashington, 5-avgust, 2014-yil.

4
Afrika sammitiga qarshi o'tkazilgan norozilik namoyishi, Vashington, 5-avgust, 2014-yil.