Ukraina parlamenti sharqiy Ukrainaning Lugansk va Donetsk viloyatlariga kengroq avtonomiya berish haqida qonun qabul qildi. Rossiyaparast isyonchilar bilan davom etayotgan urushni to'xtatish maqsadida qabul qilingan ushbu qonun viloyatlarga bir qator siyosiy, madaniy va iqtisodiy erkinlik taqdim etib, ularning Rossiya bilan yaqin aloqa o'rnatishiga ruxsat beradi.
Sharqiy Ukrainaga kengroq avtonomiya berish haqida qonun qabul qilindi

1
Prezident Petro Poroshenko hujjat ma'qullanishi ketidan deputatlarga tashakkur bildirayapti.

2
Ukraina Parlamenti deputatlari sharqiy Ukrainaga kengroq avtonomiya berish haqidagi qonunni qabul qilgach, milliy madhiyani kuylamoqda, 16-sentabr, 2014-yil, Kiyev, Ukraina.

3
Ukrainalik ko'ngilli askarlar Mariupol shahri yaqinida harbiy tayyorgarlikdan o'tmoqda, 15-sentabr, 2014-yil.

4
Ukrainaning "Azov" ko'ngillilar batalyoni askarlari frontdan qaytmoqda, 15-sentabr, 2014-yil.