Uzoq davom etgan saylov mashmashasidan so'ng Ashraf G'ani Afg'onistonning yangi prezidenti deb e'lon qilindi. Saylovda unga qarshi kurash olib borgan Abdulla Abdulla, o'zaro siyosiy kelishuvdan so'ng, yangi hukumatning bosh vaziri etib tayinlandi.
Yangi hukumat ishga tushishi bilan Hamid Karzay davrida AQSh bilan tuzilgan xavfsizlik bitimini imzoladi.
Ashraf G'ani - Afg'onistonning yangi prezidenti

5
Abdulla Abdulla bosh vazirlik lavozimini qabul qilib olish uchun tantanali marosimga tashrif buyurmoqda, 29-sentabr, 2014-yil.

6
Sobiq prezident Hamid Karzay o'z lavozimini Ashraf G'aniga topshirish uchun tantanali marosimga tashrif buyurmoqda, 29-sentabr, 2014-yil.

7
Ashraf G'ani (chapda) prezident sifatida qasamyod keltirmoqda, 29-sentabr, 2014-yil.

8
Prezident sifatida qasamyod keltirgan Ashraf G'ani Afg'oniston Oliy sudi raisi Abdul Salom Azimiy bilan qo'l berib ko'rishmoqda, 29-sentabr, 2014-yil.