Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu AQSh Kongressining har ikki palatasi oldida so'zlab, Eron yadro dasturi, Yaqin Sharqdagi vaziyatga qarashlarini bildirdi. Uning aytishicha, Eron yadro quroliga ega bo'lsa, Isroilga qarshi qo'llashi mumkin. "Xalqaro muzokaralar doirasida Eronga taklif etilayotgan bitim Tehronni yadro qurolini yaratish yo'lidan qaytara olmaydi", - dedi Netanyaxu.Isroil bosh vaziri nazarida Eron dunyo bo'ylab terrorizmga homiylik qilmoqda. Erondagi hozirgi hukumat har qachongidan radikal, unga ishonib bo'lmaydi, deydi u.
Netanyahu: AQSh-Isroil aloqalari har qanchongidan kuchli

5
Amerika bosh diplomati Jon Kerri dushanba BMT Inson huquqlari kengashida so'zga chiqib, Isroilni himoya qilar ekan, bu davlatga adolat bilan yondashilmayapti, dedi.
Jenevada chiqish qilgan Kerri nazarida BMTning bu organi huquqiy tahqirlashlarni muhokamaga olib chiqishi asosli. Lekin qator rezolyutsiyalarda Isroilni qayta-qayta ayblash qanchalik adolatli, deya so'raydi u.

6
Falastinga xayrixoh faollar Vashingtonda Isroil rasmiysi Benyamin Netanyaxuning safari yuzasidan norozilik namoyishida qatnashayapti.

7
Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu AQSh Kongressining har ikki palatasi vakillari oldida so'zlab, Eron yadro dasturi, Yaqin Sharqdagi vaziyatga qarashlarini bildirdi.

8
Benyamin Netanyaxu Isroilga moyil siyosiy guruhlar oldida so'zlayapti.