Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi uchunchi kun ham qonli kechib, yuzlab insonlarning yostig'i qurigan. BMT hisobicha, hozirgacha kamida 240 inson nobud bo'lgan. G'arb davlatlari va NATO Ukrainaga harbiy yordamni oshirmoqda. AQSh va Yevropa Ittifoqi Rossiyaga nisbatan sanksiyalarni kuchaytirgan. Ukraina rasmiylari deydiki, Kreml mamlakatni yakson qilayotgani uchun javobgarlikka tutiladi, undan tovon talab qilinadi. Kreml xalqaro maydonda qoralanayotgani, sanksiyalar bilan jazolanayotgani, cheklovlar dunyo bo'ylab ortib borayotganiga qaramay urushni to'xtatmasligini bildirgan. Ukraina hukumatiga ko'ra, Rossiya rahbari Vladimir Putinning maqsadi - Kiyevda o'zi xohlagan odamni prezidentlikka keltirish. "Biz kurashamiz va aslo bosh egmaymiz", - deydi Ukraina Prezidenti Volodimir Zelenskiy.
Urush manzarasi: 26-fevral, 2022
- Amerika Ovozi

29
Kiyev, 26-fevral, 2022

30
Ukraina-Polsha chegarasi, 26-fevral, 2022

31
Belgiyada Rossiyaga qarshi namoyishlar, 26-fevral, 2022

32
Britaniyada Rossiyaga qarshi namoyishlar, 26-fevral, 2022
Facebook Forum