“Amparo” nodavlat tashkiloti yetti yildan beri Tojikistonda omma, ayniqsa yoshlar huquqiy bilimini oshirish borasida faoliyat olib boradi. Yaqinda bu muassasa yopilsin degan buyruq chiqdi. Sabab, deydi "Amparo" xodimlari, "ishimizning hukumatga yoqmagani". Tashkilotga “Amparo” nomi bejiz tanlanmagan bo’lib, ispan tilida bu - himoyachi, ko’mak, sarpanoh singari ma’nolarni beradi. Amerika yuristlar uyushmasi programmasi asosida bilim olgan eng faol huquqshunoslar tashabbusi bilan tashkil etilgan “Amparo” fuqarolarning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy huquq va erkinliklarini himoya etish hamda mamlakatda demokratik va huquqiy davlat qurish asoslarini mustahkamlash yo’lida harakat qilib keldi. Yosh huquqshunoslar o’zlari asos solgan nodavlat tashkilotining majburiy ravishda sud qarori bilan barham berilishiga xalqaro yuridik tamoyillar asosida baho berilishi va adolat tiklanishi uchun kurash boshlagan.
Huquq tashkiloti hukumat bilan kurashmoqda, Tojikiston

1
Yoshlar orasida inson haqlari borasida treninglar o'tkazish Amparoning asosiy ish faoliyatlaridan biri sanaladi.

2
Trenerlar, Amparo faoli Dilafro'z Samadova hamda Jenevadagi Qurolli kuchlar ustidan demokratik nazorat Markazi (DSAF) eksperti Mindiya Vashakmadze.

3
Tashkilot ustidan sud mahkamasi, sudyalar maslahat uchun tanaffus e'lon qilgan palla.

4
Sug'd viloyat harbiy komissariyati binosi darvozasida harbiy safarbarlik davrida mana shunday ko'rinich takrorlanadi, ota-onalar, aka-ukalar jigargoshalarini so'nggi marta ko'rib qolishga urinishadi.