Donetskdagi rossiyaparast kuchlar Ukrainadan ajrab chiqish haqida 11-mayga belgilangan referendum o'z vaqtida o'tkazilishini ma'lum qildi. Xalqaro hamjamiyat bosimi ostida Rossiya prezidenti Vladimir Putin uni ortga surishni so'ragan edi.
Rossiyaparast kuchlar referendumni qoldirmaslikka qaror qildi
- Amerika Ovozi

1
Donetskdagi rossiyaparast kuchlar rahbari Denis Pushilin (markazda) referendumni qoldirmaslik bo'yicha qaror qabul qilinganini ma'lum qilmoqda.

2
Rossiyaparast qurollangan shaxs sharqiy Ukrainaning Slavyansk shahridagi ma'muriyat binosi oldiga "Unutmaymiz va kechirmaymiz" deb yozilgan plakatni osmoqda.

3
Lugansk shahrida rossiyaparast namoyishchilar ichki ishlar bo'limi binosi oldida politsiya rahbari Anatoliy Naumenkoning iste'foga chiqishini talab qilmoqda.

4
Lugansk shahridagi ichki ishlar bo'limi binosi oldida rossiyaparast namoyishchilardan biri Rossiya bayrog'ini ko'tarib turibdi.