AQSh bosh diplomati Jon Kerri Iroqqa tashrif buyurdi. U mamlakatda rasmiylar bilan xavfsizlik borasida yuzaga kelgan muammolarni muhokama qildi. So'nggi haftalarda "Iroq va Shom islomiy davlati" guruhi jangarilari Iroqning qator shaharlarini egallab olgan. Ular poytaxt Bag'dodga yurish qilish niyatida.
AQSh Davlat kotibi Jon Kerri Iroqda
- Amerika Ovozi

5
AQSh Davlat kotibi Jon Kerri Iroq Bosh vaziri Nuri al-Malikiy bilan uchrashish uchun Bag'doddagi AQSh elchixonasini tark etmoqda, 23-iyun, 2014-yil.

6
AQSh Davlat kotibi Jon Kerri (chapda) Iroq Bosh vaziri Nuri al-Malikiy bilan, Bag'dod, Iroq, 23-iyun, 2014-yil.

7
"Iroq va Shom islomiy davlati" guruhi jangarisi ko'chada mashina ichidagi odamlarga Qur'on kitobini tarqatmoqda, Mosul, Iroq, 22-iyun, 2014-yil.

8
"Iroq va Shom islomiy davlati" guruhi jangarisi ko'chada mashinalar harakatini tartibga solmoqda, Mosul, Iroq, 22-iyun, 2014-yil.