Rim papasi Fransisk Yaqin Sharq bo’ylab safarda. Iordaniyada qirol Abdulla bilan muloqot qildi. Suriyalik qochqinlar bilan uchrashib, ularning dardini tingladi. Katolik dunyosi rahbari Falastinda ham bo’ldi. Baytullahmda u bu xalq boshchisi Mahmud Abbos bilan ko’rishdi. Papa falastinlik qochqin oilalar bilan suhbatlashdi. Pontifik al-Aqsa masjidiga qadam ranjida qilib, bu ko’hna maskan bilan tanishadi hamda Quddus muftiysi Muhammad Hussayn bilan gaplashadi.
So’ngra papa Isroilda yahudiy qabristonlarini ziyorat qiladi, Xolokost muzeyini ko’zdan kechiradi.
Prezident Shimon Peres va Bosh vazir Benyamin Netanyaxu bilan ham muzokaralar rejalangan.
Rim papasi Rim papasi Iordaniya, Falastin va Isroilda

9
Falastin rahbari Mahmud Abbos bilan muloqot

10
Baytullahm

11
Iordan qiroli Abdulla Abdulla bilan

12
Iordan daryosi bo'yida