AQSh prezidenti Barak Obamaning Yaqin Sharq safari Isroildan boshlandi. Bu uning prezident sifatida o'lkaga uyushtirgan birinchi tashrifi.
Prezident Barak Obamaning Yaqin Sharq safari boshlandi

1
Tel-Aviv shahri yaqinidagi Ben Gurion xalqaro aeroportiga Isroil prezidenti Shimon Peres va Bosh vazir Benyamin Netanyaxu Obamani kutib olishga chiqdi, 20-mart, 2013-yil.

2
Ben Gurion xalqaro aeroportida askarlar prezident Obamani rasmiy kutib olish marosimiga hozirlanmoqda, 20-mart, 2013-yil.

3
Obamani AQSh qamoqxonasida saqlanayotgan Jonatan Pollardni ozod qilishga chaqiruvchi devorga yopishtirilgan qog'ozlar oldidan ultra-ortodoks yahudiylar vakili o'tmoqda, 20-mart, 2013-yil.

4
Falastinlik ayol AQSh prezidenti Barak Obamaning tashrifiga qarshi G'azoda o'tkazilgan norozilik namoyishida qatnashmoqda, 20-mart, 2013-yil.