Ko'klam eshik qoqar ekan, bahor nafasi Tojikiston bozorlariga ham ufurgandek. Xo’jand hunarmandlari uchun mahalliy hukumat shaharning qadimiy Panjshanbe mavzesidagi eski bozor yonida alohida rastalar bunyod etgan. Ularga qo’shimcha ravishda yana bir yangi usti yopiq rasta ham qurilmoqda.
Bahor keldi... Tojikiston bozorlarida.

1
Nohiya bozorlarida ko'klamning ilk sabzavoti - rediska sotuvga chiqdi.

2
Hunarmandlar rastasi dehqonchilik ish qurollari bilan to'la.

3
Supurgi sotuvchi hunarmand Mahkam aka bozorning o'zida ham supurgi yasash bilan band.

4
Supurgi sotuvchisi xaridorga molini maqtamoqda.