Ko'klam eshik qoqar ekan, bahor nafasi Tojikiston bozorlariga ham ufurgandek. Xo’jand hunarmandlari uchun mahalliy hukumat shaharning qadimiy Panjshanbe mavzesidagi eski bozor yonida alohida rastalar bunyod etgan. Ularga qo’shimcha ravishda yana bir yangi usti yopiq rasta ham qurilmoqda.
Bahor keldi... Tojikiston bozorlarida.

13
Hunarmand hoji onaning qo'lbola to'qilgan arqonlari qimmat bo'lsa-da, pishiqligi va chidamliligi uchun xaridorgir.

14
Bu rastalarda don-dunga qiron keltiruvchi sichqonlarga kushanda qo'lbola tuzoqdan tortib, ot-ulov uchun egar-jabduqqacha topiladi.

15
Bahor kelib, kunlar isigach, hovli uchun manzarali gullar ko'chati sotuvga chiqadi.

16
Kunlar isishi bilan ko'chatlar savdosi qiziydi. Hozicha, yog'in-sochinli sovuq kunlarda ularning savdosi sust.