Tojikistonning Zarafshon vohasi nafaqat go’zal tabiati, sho’shqin daryosi, uzoq tarixi balki shoirtabiat insonlari bilan ham ardoqlidir. O’zbekning barlos, tuyoqli, laqay, ming urug’lari hali ham bu hududda o’z qadr-qiymatlarini saqlab kelmoqda. Panjakent nohiyasining Sho’rnova, Yamonqiya, Chinor, So’jina, Toshmunor, Sarazm singari qadim qishloqlarida asosan o’zbeklar yashaydi. Bu zaminda Abu Abdulloh Ro’dakiy, Loyiq Sherali, Kamol Nasrulloh, Sherali Sokin, Sorbon singari ulug' adiblar tug’ilib o’sgan. Hozir ham jamoatchilik chaqmoq singari yashnayotgan ijodkorlarni hurmat bilan qarshilaydi. She’rxonlik kechalari doimiy hol. Ushbu suratlar shu tadbirlarni aks ettiradi.
Zarafshon vohasining yosh ijodkorlari davrasida

13
Panjakentlik 10 yoshli o'quvchi ustoz klassiklar g'azalini qo'shiqqa solmoqda

14
Panjakent tog' qishloqlarida o'zbek ijodkorlari she'rxonlik qilibgina qolmay hasharda ham qatnashishdi

15
Qishloqlarda shoirlar ham o'choqda mezbonlar singari pilla qurti o'tini va tappidan foydalanishadi

16
Qumg'onda o'chqda qaynatib damlangan choyning mazasi o'zgacha bo'ladi