"Saturday Night Live" 50 yildan beri Amerika televizion shoulari orasida eng mashhur dasturlardan biri bo‘lib kelmoqda. U ko‘plab yulduzlarni yetishtirib, o’ziga xos madaniyatni shakllantirishga hissa qo‘shgan. Muxlislar va mashhur sobiq ishtirokchilar ushbu muhim yubileyni nishonlash uchun Nyu-York shahrida yig‘ildi.
Yarim asrdan beri "Shanba oqshomi" jonli shousi ("Saturday Night Live") komediya olamida yetakchi o’rin egallab kelmoqda. Bill Myurrey, Eddi Merfi, Uill Ferrell va Tina Fey kabi yulduzlar shu yerda shakllangan. Ular shouga minnatdorchilik bildirish uchun yana bir bor yig’ildi.
Buni ham ko'ring Propagandaga qarshi kurash: radioning oltin davridan nimani o'rganish mumkin?Nyu-York shahridagi NBC studiyasi oldida sevimli yulduzlari va mashhurlarni ko‘rish uchun muxlislar to’plandi. Maxsus yubiley shousida Bleyk Layvli, Rayn Reynolds, Jerri Seynfeld va Kevin Kostner kabi taniqli shaxslar ham qatnashdi.
“Bu ko‘p odamlar uchun madaniy tajriba. Ular Amerika komediyasining yuragi hisoblanadi”, - deydi Derik ismli tomoshabin.
“Siz unchalik mashhur bo‘lmagandirsiz, lekin shu shouda qatnashsangiz, birdan e’tibor markaziga aylanasiz”, - deydi yana bir muxlis.
Televizion tanqidchi Alison Herman fikricha, bu shou nafaqat shunchaki kulgi dasturi, balki komediya san’atining avlodlar bo‘ylab shakllanishiga ham katta ta’sir ko‘rsatgan.
“Shanba oqshomi” shousi – Amerikadagi eng uzoq davom etayotgan kulgi maktabi. U qanchalik uzoq davom etsa, shunchalik muhimligi ayon bo‘ladi. Bu shou har safar yangi avlod komediya yulduzlarini yetishtirib, o‘z ahamiyatini isbotlab kelmoqda”, - deydi u.
Buni ham ko'ring "Madonna qo’lidagi qurol" - mem targ'ibotBu dastur yillar davomida siyosatga ham o‘z ta’sirini o’tkazgan. Prezident Jerald Forddan tortib Donald Trampgacha – bu shoudagi parodiyalar amerikaliklarning yetakchilar haqidagi qarashlariga ta’sir qilgan. Hatto Trampning o‘zi 2015-yilda, prezidentlikka ilk nomzodini qo‘yganida, shouga mezbonlik ham qilgan.
“Menimcha, siyosatda ham, boshqa sohalarda ham bu shou o‘ziga xos mayoq bo‘lib kelgan. Shoudagi qahramon obrazi ommaviy ongda u haqdagi tasavvurni kuchaytirib yuboradi”, - deydi Herman.
Musiqa shouning ajralmas qismi bo‘lib kelgan. Yillar davomida Prins, Nirvana, Beyonse va Taylor Svift kabi musiqiy afsonalar shu sahnada chiqish qilgan. Yubiley tantanasida ham yulduzlarning jonli ijrolari taqdim etildi.
Muxlislar ushbu muhim kunni nishonlar ekan, Hermanga ko‘ra, shou bilan bog’liq madaniy meros hali uzoq davom etadi.
“Bu o‘ziga xos fenomen. 50 yoshga kirgani – uning hali yana uzoq vaqt davom etishidan dalolat”, - deydi u.
Ellik yildirki, “Shanba oqshomi” tomoshabinlarni kuldirib kelmoqda. Kim biladi, yana 50 yildan so‘ng, bu muxlislarning nevaralari shouning 100 yilligini nishonlash uchun shu yerda to‘planishi mumkin.