AQSh Prezidenti Donald Tramp Xorijiy korrupsiya amaliyotlari to‘g‘risidagi qonun (FCPA) ijrosini deyarli to‘xtatib turishni buyuruvchi farmon imzoladi.
Xorijiy korrupsion amaliyotlar sifatida tanilgan ushbu qonun AQSh kompaniyalari va AQShga aloqador xorijiy kompaniyalarga xorijiy amaldorlarga pora berishni noqonuniy deb belgilaydi.
Shaffoflik tarafdorlari so‘nggi yigirma yil ichida AQSh Adliya vazirligi tomonidan ushbu qonunning qat’iy ijrosi xorijdagi korrupsiyani kamaytirishga yordam berganini ta’kidlamoqda. Tanqidchilar va ayrim biznes yetakchilari esa, ushbu qonun AQSh kompaniyalarini xalqaro bozorlardagi raqobatda noqulay holatga tushiradi deb hisoblamoqda, chunki ba’zi davlatlarda pora berish odatiy biznes amaliyoti sanaladi.
Tramp ushbu qonunni uzoq vaqtdan beri tanqid qilib kelgan bo‘lib, Oq uyda unga oid farmonni imzolash jarayonida o’z xavotirlarini bildirdi.
“Qonun nazariy jihatdan yaxshi eshitiladi, lekin amalda bu — falokat, - dedi Tramp. – Ya’ni agar amerikalik biror xorijiy mamlakatga borib, u yerda qonuniy yoki boshqa yo‘llar bilan biznes boshlasa, deyarli kafolatlangan tergov va ayblovga duch keladi. Natijada hech kim amerikaliklar bilan biznes qilishni xohlamaydi”.
Quyida Qo'shma Shtatlardagi xorijiy amaldorlar va bizneslarning poraxo'rlik bilan bog'liq qonun va ijroiya qarorining oqibatlari tahlil qilinadi.
Tashqi korrupsion amaliyotlar to'g'risidagi qonun (FCPA)
Xorijiy korrupsion amaliyotlar to‘g‘risidagi qonun kompaniyalarga xorijiy amaldorlarga biznesdagi afzalliklarni qo‘lga kiritish maqsadida naqd pul to‘lovlari yoki qimmatbaho sovg‘alar berishni taqiqlaydi.
Buni ham ko'ring Tramp noqonuniy muhojirlar uchun imtiyozlarni bekor qilishni buyurdiQonun ayrim “osonlashtiruvchi to‘lovlar”ni istisno qilsa-da, pora berishda uchinchi shaxslardan (agentlar yoki vositachilar) foydalanishni qat’iyan taqiqlaydi.
Qonun 1977-yilda Uotergeyt mojarosidagi tergovlardan so‘ng qabul qilingan. Ushbu tergovlar AQShda joylashgan ko‘plab xalqaro korporatsiyalar tomonidan xorijiy amaldorlarga keng ko‘lamli pora berish holatlarini oshkor qilgan.
AQSh Kongressi bunday amaliyotlarning AQSh tashqi siyosati va xalqaro maydondagi obro‘siga ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan salbiy ta’siridan xavotirlanib, ushbu holatlarga jinoiy javobgarlik yuklashga qaror qilgan.
Dastlab Amerika kompaniyalariga qaratilgan bo‘lsa-da, ushbu qonunning yurisdiksiyasi sezilarli darajada kengaytirildi. Endilikda u AQSh bilan aloqador bo‘lgan istalgan xorijiy biznes yoki shaxsga ham tatbiq etiladi.
Bunday keng qamrov prokurorlarga xorijiy firmalarga qarshi ish qo‘zg‘atish imkonini beradi. Masalan, gollandiyalik kompaniya AQShning Ogayo shtatida joylashgan sho‘ba korxonasi orqali Tailanddagi boshqa sho‘ba korxonasi yordamida Xitoy amaldorlarini pora bilan ta’minlashda ayblansa, unga nisbatan AQSh sud tizimida ish qo‘zg‘atish mumkin bo‘ladi.
Ushbu qonun butun dunyoda korrupsiyaga qarshi qonunchilikning rivojlanishida muhim ta’sir ko‘rsatdi. 1997-yilda Parijda joylashgan Iqtisodiy Hamkorlik va Taraqqiyot Tashkiloti (OECD) AQShning Chet eldagi korrupsiya amaliyotlariga qarshi qonunini o‘zining Korrupsiyaga qarshi Konvensiyasi uchun namuna sifatida qabul qildi. Hozirgi kunda ushbu konvensiyaga 46 ta davlat qo’shilgan.
Qonun qabul qilinganidan keyin dastlabki o’n yilda uning ijrosi unchalik samarali bo‘lmagan. Ammo 2000-yillarning boshlaridan boshlab, korrupsiyaga qarshi kurash kuchaytirildi, bu esa korporativ boshqaruv va moliyaviy shaffoflik sohalarida yuqori talablarni joriy etishga olib keldi. Yangi biznes janjallari va qonunchilikdagi o‘zgarishlar FCPA’ning global biznes amaliyotlarida halollikni oshirishdagi rolini mustahkamladi.
So'nggi yillarda qonun qanday qo'llanildi?
So‘nggi yillarda AQShda chet eldagi poraxo‘rlik holatlariga qarshi qonunlarni ijro etish ancha kuchaytirildi. 2018-2021-yillar oralig‘ida AQSh Adliya vazirligi va Qimmatli qog‘ozlar va birjalar bo‘yicha komissiya (SEC) Chet eldagi korrupsiya amaliyotlariga qarshi qonun doirasida taxminan 174 ta tergov ishini ochdi.
Buni ham ko'ring AQShning qaysi choralari Rossiyani urushni to’xtatishga majburlay oladi?2023-yilda Adliya vazirligining yakka o‘zi ushbu qonun asosida 17 ta ijro harakatini amalga oshirdi.
Oxirgi yillarda Lotin Amerikasi AQSh tergovchilari uchun alohida diqqat markaziga aylandi.
2016-yilda Braziliyaning ikki kompaniyasi xalqaro miqyosdagi yirik poraxo‘rlik ishida aybini tan olganidan so‘ng, umumiy hisobda $3,5 milliard jarima to‘lashga rozi bo‘ldi. AQSh rasmiylari ushbu ishni tergov qildi, chunki noodatiy to‘lovlar AQSh bank hisoblari orqali amalga oshirilgan edi.
2020-yilda Yevropaning yirik samolyot ishlab chiqaruvchisi “Airbus SE” AQSh, Britaniya va Fransiya tomonidan qo‘yilgan xorijiy poraxo‘rlik ayblovlarini hal qilish uchun deyarli $4 milliard jarima to‘lashga rozi bo‘ldi.
“Airbus” Xitoy va boshqa mamlakatlarda yuqori daromadli shartnomalarni qo‘lga kiritish uchun hukumat amaldorlari va aviakompaniya rahbarlariga pora berishda vositachilardan foydalanganini tan oldi.
2024-yil yanvar oyida Germaniyaning AQShda filiallari mavjud bo‘lgan SAP SE dasturiy ta'minot kompaniyasi, Janubiy Afrika va Indoneziya amaldorlariga pora to‘laganlik bo‘yicha tergov ishlarini hal qilish uchun 220 million dollar jarima to‘lashga rozi bo‘ldi.
2023-yil dekabr oyida esa, Illinoys shtatida joylashgan AAR Corp aviatsiya xizmatlari kompaniyasi Nepal va Janubiy Afrika hukumat amaldorlariga pora berganlik bo‘yicha olib borilgan tergov ishlarini hal qilish uchun 55 million dollardan ortiq jarima to‘lashga rozi bo‘ldi.
Hindiston bilan bog‘liq bir nechta ishlar ham qayd etilgan bo’lib, 2023-yil noyabr oyida prokurorlar Kanadaning institutsional investor kompaniyasining uch nafar sobiq xodimini aybladi.
Ular hindistonlik milliarder Gautam Adani va yana ikki nafar top-menejer ishtirokidagi poraxo‘rlik sxemasida qatnashganlikda gumon qilinmoqda.
Nima uchun Trump FCPA ijrosini to'xtatmoqda?
Tramp ko‘chmas mulk magnati bo‘lib, keyinchalik prezidentga aylangan va doim ushbu qonunning ashaddiy tanqidchisi bo‘lib kelgan.
2012-yilda u bu qonunni “dahshatli” va “bema'ni” deb atagan, uning fikricha, bu qonun AQSh kompaniyalarining xorijda biznes yuritish imkoniyatlarini cheklaydi.
Trampning tanqidlariga qaramay, uning prezidentlik davrida FCPA (Chet eldagi korrupsiya amaliyotlariga qarshi qonun) ijrosi sezilarli darajada kuchaydi.
“Morrison Foerster” yuridik firmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2020-yil FCPA bo‘yicha rekord darajadagi ijro harakatlari amalga oshirilgan.
Trampning yangi farmonga ko‘ra, bu chora “Amerikaning iqtisodiy va milliy xavfsizligini ilgari surish”, “xorijdagi Amerika savdosiga ortiqcha to‘siqlarni bartaraf etish” orqali amalga oshiriladi.
Buni ham ko'ring USAIDda yana 2000 odam ishdan olindi, minglab xodim ma'muriy ta'tildaOq uy bayonotida ta’kidlanishicha, qonunning haddan tashqari kuchli qo‘llanilishi AQSh kompaniyalariga zarar yetkazmoqda. Shuningdek, Prezidentning II-modda (Article II) bo‘yicha tashqi siyosatni yuritish vakolatiga xalaqit bermoqda.
Huquq professori va FCPA bo‘yicha yetakchi mutaxassis Mayk Kohlerning aytishicha, qonunning agressiv tarzda qo‘llanilishiga oid bu xavotirlar yangi emas. So‘nggi yigirma yil ichida ham Respublikachilar, ham Demokratlar ushbu masalaga o‘xshash muammolarni ko‘tarib chiqqan.
“So‘nggi yillarda ijro harakatlarining sifati emas, balki soniga ko‘proq e’tibor qaratildi. Ko‘plab hollarda ijro jarayonlari shu darajada chetdan chiqib ketdiki, natijada ushbu qonun kompaniyalarni raqobatbardoshlik nuqtai nazaridan noqulay holatga qo‘ymoqda”, - dedi Mayk Kohler “Amerika Ovozi”ga bergan intervyusida.
Shaffoflik tarafdorlari esa, ijroni to'xtatib turish global poraxo'rlikka qarshi kurashga jiddiy zarba berishi mumkinligidan ogohlantirmoqda.
“Ijroni to‘xtatish butun dunyo bo‘ylab vijdonsiz biznes subyektlari foydasiga ishlaydi, chunki ular shu paytgacha AQShning jinoiy ta’qibidan qo‘rqib kelgan”, - dedi “Transparency International” tashkiloti o’z bayonotida.
Tashkilot, shuningdek, boshqa davlatlarni — OECDning Korrupsiyaga qarshi Konvensiyasi a’zolarini, AQShning siyosiy o‘zgarishidan so‘ng korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha o‘zlarining ijro choralarini kuchaytirishga chaqirdi.
Xorijiy poraxo‘rlikni tekshirishning oqibatlari qanday?
Ijro farmoni Adliya vazirligi tomonidan xorijiy poraxo‘rlik bo‘yicha olib borilayotgan tergov ishlarini olti oyga to‘xtatishni belgilaydi. Ushbu farmon asosida Chet eldagi korrupsiya amaliyotlariga qarshi qonun doirasidagi deyarli barcha ishlar vaqtincha to‘xtatiladi.
AQSh Bosh prokurori Pam Bondi ijro ko‘rsatmalarini ko‘rib chiqish va yangilash bilan shug‘ullanadi. Farmonga ko‘ra, Bondi ushbu pauzani qo‘shimcha olti oyga uzaytirish vakolatiga ega.
Bondi federal prokurorlarga kartellar va transmilliy jinoiy tashkilotlar bilan bog'liq FCPA ishlarini birinchi o'ringa qo'yishni buyurdi.
Korporativ yuristlar esa mijozlarni ijro farmoni ularga to‘liq erkinlik bermasligi haqida ogohlantirdi.
“Arnold & Porter” yuridik firmasi yuristlari ijro farmonini tahlil qilib shunday dedi:
“Pora berish hali ham noqonuniy hisoblanadi. Qonun amalda qolmoqda, Kongress ushbu qonunni bekor qilmagan, shuningdek, ko‘plab shtat, federal va xorijiy qonunlar ham pora berishni taqiqlaydi. Shuning uchun kompaniyalar va biznes subyektlari korrupsiyaga qarshi amaldagi barcha qonunlarga rioya qilishda davom etishi zarur”.