Iroqning shia mahallalarini bugun kuchli portlashlar zir titratdi, jami 32 kishi jon bergan. Hujumlar kamida sakkiz shaharda yuz bergan.
Your browser doesn’t support HTML5
"Amerika Ovozi" xabarlari, 30-sentabr, 2012
Poytaxt Bag’dod shimolidagi bir paytlar al-Qoida qarorgohi hisoblangan Taji shahridagi portlashni rasmyilar eng qonlisi deya ta’riflaydi – 11 kishi halok bo’lgan, jarohat olganlar 20 dan ziyod.
Bag’dod janubidagi Kut shahrida esa bir kishi o’zini portlatib, 3 politsiyachini ham o’ldirgan. Balad Ruz, poytaxtning Karrada mahallasi va Iroqning boshqa nuqtalarida ham hujumlar kuzatildi, ular ortida al-Qoida terror tashkilotining Iroqdagi a’zolari turgani taxmin qilinadi.
Uch hafta ilgari Iroqda o’xshash xurujlarda 90 kishi o’lgan edi.