Bugungi dunyo suratlarda - 27-yanvar, 2025

Ikkinchi jahon urushi paytida Polsha hududida tashkil etilgan “Osvensim” konsentratsion lageri mahbuslarining sovet qo’shinlari tomonidan ozod etilganiga 80 yil to’ldi. 27-yanvar - Xalqaro Xolokost qurbonlarini xotirlash kunida yahudiylar ushbu tarixiy maskanni ziyorat qilmoqda. 
 

Isroil bilan tinchlik sulhi amal qilayotgan G'azoda sektorning shimoliga yo'l ochildi. Minglab mahalliy aholi G'azoning eng dahshatli vayronagarchilik qayd etilgan shimoliy qismiga qaytmoqda.

G'azoning shimoliy qismida vayronaga aylangan uylariga yetib kelgan falastinliklar

Ichki xavfsizlik agentlari hujjatsiz migrantlarni izlamoqda, Puerto-Riko. 

Prezident Donald Trampning ommaviy deportatsiyaga doir farmoniga qarshi AQSh chegarasiga yo'l olgan migrantlar karvoni, Meksika. 

Indoneziyada Chitarum daryosida to'plangan axlat tozalanmoqda. 

Parijda moda haftaligi