AQSh kompaniyasi Pokistonga qurol sotishdan voz kechdi
Amerika Ovozi
AQShning qurol ishlab chiqaruvchi kompaniyalaridan biri Pokistonga 15 million dollarlik qurol sotish rejasidan voz kechdi.
“Desert Tech” (Dezert Tek) shirkati rahbari Nik Yangning aytishicha, u qurollarning amerikalik harbiylarga qarshi ishlatilishidan tashvishda. Pokiston firmadan snayper miltiqlarini so’ragan.
“Men kompaniyamni amerikaliklarni himoya qilish uchun ochganman, ularning hayotini xavf ostiga qo’yish uchun emas”, - dedi Yang.
“Desert Tech” xodimlarining bir qismi harbiy faxriylardir.
Kompaniya yaratgan snayper miltiqlari nishonni 2700 metrdan urish imkonini beradi.
Pokiston qurol savdosi bobida AQShning an’anaviy mijozi bo’lsa-da, so’nggi paytlarda mamlakatda al-Qoidaning faollashgani xavotir uyg’otmoqda.