Prezident Barak Obama, sobiq davlat kotibasi Xillari Klinton, Nyu-York sobiq meri Maykl Blumberg yangi muzeyni ochib berdi. Nyu-York, 15-may, 2014-yil.
Prezident Barak Obama Nyu-Yorkdagi yangi muzeyni ochib berar ekan, uni 11-sentabr fojeasiga bag'ishladi.
Prezident Barak Obama Nyu-Yorkdagi yangi muzeyni ochib berar ekan, uni 11-sentabr fojeasiga bag'ishladi. Qo'shma Shtatlarda 2001-yilda sodir etilgan terror hujumi salkam uch ming odamning yostig'ini quritgan edi.
Amerika rahbari o'sha mash'um kunda Jahon savdo markazidan minglab odamlarni qutqarib qolgan insonlarni yodga oldi.
Al-Qoida vakillari o'g'irlab qochgan yo'lovchi samolyotlari aynan shu egizak binolarga urilgan edi.
"AQSh xalqining qaddini hech kim buka olmaydi. Bizni amerikalik qilgan qadriyat, hislatlarimiz abadiy qoladi", - dedi Obama.
Marhumlar oilalari, qutqaruv ishlarida nobud bo'lgan xizmatchilarning yaqinlari bugun Nyu-Yorkda jamul-jam.
Jahon savdo markazi poyida qad ko'targan yangi Xotira muzeyini ziyorat qilayapti ular.
Imoratni barpo etish uchun yillar ketdi. Uning shakl-shamoyili, marhumlarni qayerda ko'mish ustida bahslar uzoq davom etdi.
Bino asosan yer ostida, egizak binolarning poydevori o'rnida joylashgan.