Afg'onistondagi jamoatchi muxbir. Olti millionga yaqin o'zbek yashaydigan mamlakatdagi siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy masalalarni yoritadi.
Turkiya Afg’onistonning Tolibon bilan shartsiz muzokara qilish tashabbusini qo’llab-quvvatlaydi. Tarixiy imkoniyat bu, deydi Bosh vazir Binali Yildirim.
“Islomiy Davlat” terror guruhining Afg’oniston shimolidagi yetakchi qo’mondoni Qori Hikmatullah afg’on harbiylarining havo hujumi natijasida halok bo’lgan.
Saylov soxtakorlik, xavfsizlik va fuqarolarni ro'yxatga olish bilan bog'liq muammolar tufayli uch yildan beri kechiktirilmoqda.
Afg’oniston Vitse-prezidenti va “Milliy Junbish” partiyasi rahbari general Abdul Rashid Do’stumning o’g’li Botur Do’stum Toshkentda o’tgan xalqaro konferensiyaga ishtirok etgan.
Markaziy Osiyo yoshlari qo’shni xalqlar, qo’shni davlatlar haqida juda kam narsa biladi, ular haqida tasavvurlar juda cheklangan, deydi yangi harakat asoschilari.
Ko’chatchilik va gulchilikni har kim ham uddalay olmaydi, deydi afg'onistonlik gulchilar.
Afg’onistonda har bahorda bo’lgani kabi ko’chat va gul ekish ishlari boshlanib ketdi. “Bir ko’chat o’zing uchun, boshqa bir ko’chat vatan uchun” deb nomlangan kampaniya ob-havo tozaligini asrash, odamlarga tabiat oldidagi burchini eslatish uchun o’tkazilmoqda.
O'zbekiston Tashqi ishlar vazirligi bayonotida Afg’oniston tinchligi dunyo davlatlari, mintaqa, xususan O’zbekiston uchun muhim ahamiyatga ega ekani ta’kidlangan.
Ikki davlat maorif vazirliklari o’rtasida imzolangan bitimga ko’ra, afg'on-turk maktablari Turkiya hukumati ixtiyoriga o’tkazilishi kerak.
Afg’oniston hukumati Fathulloh Gulenga qarashli deb iddao qilinadigan afg’on-turk maktablarini Turkiya Maorif Jamg’armasiga topshirishga harakat qilmoqda.
Afg’oniston ilk bor bunday yirik tashabbusga sherik bo’lyapti. TAPI to’liq ishga tushsa, mamlakatning tranzitdan tushadigan daromadi 400 million dollar bo’ladi.
Mamlakat g’arbidagi Hirot viloyati To’rg’undiy hududidan Pokiston chegarasidagi Qandahorgacha bo’lgan ushbu gaz quvurini bitkazish ishi afg’on hukumati zimmasida.
Afg’onistonda mahalliy o’zbeklar toliblar va DAISh safida turib hukumatga qarshi jang qilmoqda. Ularning aksariyati shimoliy viloyatlardan chiqqan o’zbeklar.
general Faqir Muhammad Juzjoniy: “Har daqiqa dushman bizni nobud qilishini tasavvur qilar edik. Kurash, qarshilik va tangrining yordami bilan toliblarni mag’lub etdik. Lekin, toliblar yana qad ko’targan, ularni sharqiy va g’arbiy qo’shnilarimiz quvvatlab kelmoqda".
“12 jangchi” filmi Afg’onistonda Tolibonga qarshi kurashgan 12 amerikalik askar va ular bilan hamkorlik qilgan o’zbek generali Abdul Rashid Do’stum haqida.
Prezident imzolagan yangi farmonda harbiylar safida ishlayotgan generallarning nafaqa chiqish yoshi kamaytirilgan.
Ichki ishlar vazirligi so’zlovchisining “Amerika Ovozi”ga aytishicha, hujum tez yordam mashinasidan foydalanilgan holda amalga oshirigan.
22- yanvar kuni bir guruh afg’onistonlik yoshlar O’zbekistonda tahsil olish maqsadida Surxondaryo viloyatining Termiz tumaniga borishdi.
Qozog’istondagi afg’onistonlik talabalar Prezident Nursulton Nazarboyevdan afg’on zaminida tinchlik ta’minlanishi uchun yordam berishini so’ramoqda.
Juzjon viloyatining Qo’shteppa va Darzob tumanlari bir necha yildan beri qurolli muxolifat qo’lida. Vaziyat oldingidan ko’ra ancha og’irlashgan.
Ko'proq...