Afg'onistondagi jamoatchi muxbir. Olti millionga yaqin o'zbek yashaydigan mamlakatdagi siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy masalalarni yoritadi.
AQSh Afg’oniston bo’yicha yangi strategiyasini e’lon qilar ekan, tafsilotlar hamon ommaga oshkor qilinmagan. Bosh vazir Abdulla Abdulla fikricha, masala muhokama qilinishi kerak.
Afg’onistonning qator shaharlarida Myanma hukumatiga qarshi namoyishlar bo'lib o'tdi. U davlatda bolalar, begunoh insonlar shafqatsizlarcha qatl qilinmoqda, deydi namoyishchilar.
Afg’onlar Myanma hukumatidan musulmonlarni qiynoqqa solmaslikni so’raydi. Ular roxinjaliklar diniy qardoshlar ekanini va ularga yordam berishga tayyor ekanliklarini aytmoqda.
Urushdan tinkasi qurigan Afg’onistonda hukumat birdam emas. Buning ustiga partiyalar orasida ham ziddiyatlar o’tkirlashgan.
Ziyolilar nazarida, agar O’zbekiston kirillga qaytsa, Afg’oniston o’zbeklari bilan ta’minlangan ijtimoiy aloqaga putur yetishi mumkin.
“Kirillni umuman tushunmaymiz. Kirillda yozilgan maqolalardan foydanala olmaymiz. Biz uchun eng muhimi va yaxshisi lotin yozuvi”, - deydi Bismillah Sidiqyor nomli o'zbek talaba.
“Lotin yozuvini o’rganish juda oson, ko’pchilik tushunadi”,- deydi Sayyid Zabur ismli afg'onistonlik o'zbek talaba.
Juzjon universitetining ijtimoiy bilimlar fakulteti raisi, tilshunos Nurullo Oltoy fikricha, kirill yozuviga qaytish O’zbekiston yoshlari uchun ham, dunyo o’zbeklari uchun katta ziyon.
Mirzo O’lang hududida jangarilar hujumi natijasida o'lganlar soni oshib bormoqda. Rasmiylarning qayd etishicha, Tolibon va DAISh birgalikda hududni bosib olgan.
Sari Pulning Mirzo O’lang hududiga hujum qilgan toliblar qariyb 40 kishini o’ldirgan. Halok bo'lganlar orasida ayollar va bolalar bor.
“Milliy Junbish”, “Islomiy Jamiyat” va "Islomiy Vahdat” siyosiy partiyalari Anqarada asos solingan alyansni himoya qilish uchun Mozori Sharif shahrida katta yig’ilish o’tkazdi.
Prezident saroyida o’tgan anjumanda saylov shaffofligini ta’minlash, ovoz berishni osonlashtirish uchun yangi texnologiyalardan foydalanish muhokama etilgan.
Tolibon hukumat xodimlarini olib ketayotgan avtobusni portlatgan. Jangarilar, shuningdek, G’or viloyatining Tayvara va Faryobning Ko’histon tumanini o’z nazoratiga oldi.
Afg’oniston markaziy hukumati siyosiy faollar bosimi ostida. Hukumatga nisbatan tanqidlar kun sayin oshib bormoqda.
Shimoliy Atlantika harbiy ittifoqi, NATO, Afg’onistonga qo’shimcha kuch jo’natishga tayyorlanar ekan, mahalliy faollar va tahlilchilar kelajak haqida bir fikrda emas.
Markaziy hukumatdan norozi afg'onistonlik arboblar Turkiyaning Anqara shahrida uchrashib, yangi siyosiy koalitsiya tuzdi.
Tolibondan hokimiyatdan ag'darilganidan beri, ya'ni o'tgan 16 yil mobaynida Afg'onistonda matbuot ancha rivojlandi lekin o'zbek jurnalistikasi hamon oqsamoqda.
"Milliy Junbish” partiyasi asoschisi General Abdul Rashid Do’stumning o’g’li Botur Do’stum partiya boshqaruvi va shimol aholisi bilan uchrashuvlar o’tkazmoqda.
Afg'oniston rahbari qo’shni Pokistondan doimiy sulh uchun o’z pozitsiyasini e’lon qilishni so’radi.
2014-yilda barpo etilgan “Milliy birdamlik” hukumatida hozirgacha kelishuv yo’q. Qonli to’qnashuvlar, xudkush-portlash hujumlari va o’zaro tortishuvlar sabab vaziyat qaltis.
Ko'proq...