Afg'onistondagi jamoatchi muxbir. Olti millionga yaqin o'zbek yashaydigan mamlakatdagi siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy masalalarni yoritadi.
Afg'onistonda korrupsiya qarshi targ'ibot avjida. Lekin omma bu kabi choralar bilan tub muammo hal bo'lishiga ishonmaydi. Rahbarlarning o'zi yulg'ich-ku axir.
Bashir Ahmad Tayanchning aytishicha, Do'stumni vitse-prezidentlikdan tushirishga qaratilgan urinishlar amalga oshmaydi.
Afg’oniston yoshlari ishsizlik va beqarorlik sabab vatanni tark etmoqda. Noqonuniy yo’l bilan xorijga ketayotganlar talay chunki qonuniy chiqish juda mushkul.
AQSh, Xitoy va Pokiston vositachligidagi muzokaralarga to’rt kun qolganda Tolibon unga qo’shilmasligini bayon etdi.
Odamlar ishsizlik va qashshoqlik sabab giyohvanlikka beriladi. Ba’zilar bu narsani xorijda o’rgansa, boshqalar mahallada. Narkotik moddalarni ayollar va bolalar ham iste'mol qiladi.
Afg'on ayollari kelajakdan xavotirda. Xavfsizlik hamon asosiy muammo. Ishsizlik va zaif iqtisod esa hayotini yanada og’irlashtiradi.
Afg’oniston shimoliy viloyatlari beqaror. Vitse-prezident Abdul Rashid Do’stum Juzijon viloyatining Qo’shteppa tumani, so’ngra Faryobga bordi.
Usta G'aybulloh 20 yildan beri temirchilik bilan mashg'ul. Buyum ishlab chiqarishda yetakchi. Shogirdlar tarbiyalagan. Biroq u hozirgi vaziyatdan qoniqmaydi.
"15 yildan beri temirchilik bilan bandman. Bozor sust, daromad ro‘zg‘orga zo’rg’a yetadi. Boshqa ish yo'q. Yaxshiroq pichoq tuzatsak, 60 afg’oniy (80 sent) xarajati bor. Buni 120 afg’oniy ($1,6) ga sotamiz. Hukumatdan soliqni ozaytirishini so'raymiz”,- deydi Muhammad Akbar.
Jurnalistlarning aytishicha, o'zbek matbuoti asta-sekin o'z o'rnini topayapti, lekin muammolar talay. Moliyaviy yetishmovchilik asosiy masala.
Davlat beradigan maosh hatto kichik bir oilaning ro’zg’origa ham yetmaydi, deydi afg'onistonlik iqtisodchi Abu Rayhon Intizor.
Jinsiy tajovuz, do’pposlash, majburan turmushga berish, o’z joniga qasd qilish kabi minglab holatlar qayd etiladi. Hukumatga murojaat qilib, madad olganlar ko'p emas.
Afg'onistonda o'zbek tilining nufuzi so'nggi 15 yil ichida qayta kuchaygani aytilmoqda. Ilgari mamlakatning ayrim hududlarida hatto bu tilda yozish va o'qish man etilgan edi.
Tolibon hukumati ag’darilganidan buyon Afg’oniston xalqiga milliardlab dollar yordam ko’rsatilgan. Ammo bu yordam to'g'ri taqsimlanmayapti, deydi aholi.
O’qimishlilar vatanni tark etmoqda. Giyohvandlikka mukkasidan ketganlar soni ham oshib bormoqda.
Mozori Sharifda Navro'z tantanasida so’zlagan Vitse-prezident Abdulrashid Do'stum Tolibon bilan tinchlik muzokaralari ustida to'xtalib o'tdi.
Amerika matbuotida yangrayotgan fikrga ko'ra, Afg‘oniston vitse-prezidenti, general Abdulrashid Do'stum yakkalanib qolgan. Uning maslahatiga hech kim quloq solmay qo'ygan.
O’zbeklar yashaydigan Shibirg’onda jamoatchilik saylovga jiddiy qarab, yangi rahbardan katta o’zgarishlar kutmoqda. Abdulla Abdulla va Ashraf G’ani yana bir bor bellashishga tayyor.
Prezidentlik uchun 11 kishi o’z nomzodini qo’ygan. Ular orasida Ashraf G’ani Ahmadzay va Abdulla Abdulla kuchli da’vogarlar hisoblanadi.
Ko'proq...