Qirg'izistondagi jamoatchi muxbir. Siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy mavzularni yoritadi. Mamlakat janubidagi o'zbeklar hayotini tahlil qilib keladi.
Davlat idoralari va diniy jamoalarda musulmonlarning muammolari, hayoti haqida bilim va ma’lumot yetishmaydi.
"Amerika Ovozi" bilan so'zlashgan o'shliklarning aytishicha, etnik qirg'indan to'rt yil o'tib, bugun Qirg'iziston janubida vaziyat ancha yaxshilangan. O'zbek va qirg'iz o’rtasida ishonch tiklanmoqda. Tinch yashayotganimizning o'zi katta gap, deydi ular.
Qirg’izistonning O’sh shahrida “Mug’anniy” taxallusi bilan tanilgan taniqli shoir va qo’shiqchi G'anijon Xolmatov 65 yoshida hayotdan ko'z yumdi.
Rossiya, Belarus va Qozog'iston ishtirokida tashkil topgan Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi Qirg'izistonda qizg'in muhokamada.
Rasmiylarning so’nggi izohiga ko’ra, vazirlikning yangi buyrug’i shu kungacha o’tkazilgan testlarda qatnashmagan bitiruvchilarga tegishli.
Har yuz ming homilador ayolning ellik nafari hayotdan ko’z yumadi. Bu ko’rsatkich keyingi 10 yil ichida deyarli o’zgarmagan.
Qirg’izistonning O’sh viloyatida Suriyadagi jangovar harakatlarda qatnashgani gumon qilinayotgan fuqaro qo’lga olingan.
Qirg’izistonda oilaviy ziddiyatlar yuzasidan ko’mak ko’rsatuvchi 13 krizis markazi mavjud. O’tgan yili bu maskanlar va huquq-tartibot tizimlariga 10 mingdan ziyod fuqaro murojaat qilgan.
Har yili jurnalistika va axborot vositalari faoliyatini o'rganadigan IREX tashkilotiga ko'ra, Qirg'iziston mintaqada erkinlik borasida yetakchi o'rinda. Lekin informatsiya sifati past.
Ma'lumki, Rossiya va Markaziy Osiyo o’lkalarining iqtisodiyoti avvaldan tig’iz bog’langan. Moskva Qirg'iziston energetika sohasiga katta sarmoya kiritgan, Qozog’iston nefti Yevropaga Rossiya hududi orqali yetkaziladi.
Qirg’izistonda o’spirin yoshidan o’tib-o’tmay ko’z yorayotgan ayollar tobora ko’paymoqda. E’lon qilingan ma’lumotlarga ko’ra, ayollarning 6 foizi 15-19 yoshda ona bo’layotgan ekan.
Mustaqillik yillarida o’lkada ommaviy axborot vositalari soni keskin ko’paygan, yoritilayotgan mavzular doirasi kengaygan. Ayrimlar matbuot erkinligini suiiste’mol qilish hollari sezilarli tus olayotganidan tashvishda.
Qirg'iziston Afg'onistonni energetika, qurilish materiallari va mutaxassislar bilan ta'minlashi mumkin, deydi suhbatdoshlar.
Avvallari Qirg'izistonda hukumat almashsa jamiyatda ancha shov-shuv bo’lardi. Bu gal boshqacha. Hukumat almashishi oddiy bir holga aylandimi?
Qirg’izistonda ayrimlar nazarida Qrimning Rossiyaga kirishi fojia emas va G’arb davlatlarining Rossiyaga nisbatan qo’ygan sanksiyalari jiddiy natija bermaydi.
Qirg'iziston Ukrainaning hokimiyatdan chetlatilgan rahbari Viktor Yanukovich yaqinda bergan bayonotga salbiy munosabatda. Yanukovichning gaplari Ukrainada vaziyatni yanada izdan chiqarishi mumkin degan qarash bor.
Bu bayram bahorning birinchi haftasida o’tkaziladi. O’sh shahrida tantana tadbirlari muqaddas Sulaymon tog’i etagida joylashgan istirohatgohda boshlandi. Mahalliy yoshlar qo'mitasi tashkil etgan konsert, tomosha va ko’rgazmada yuzlab kishi qatnashdi. O’quv yurtlari, mehnat jamoalarida ham milliy bosh kiyim o’ziga xos “bosh qahramon” bo’ldi. Oq qalpoq kuni Qirg’izistonda 2011-yildan buyon nishonlanmoqda. “Oq qalpoq – oppoq qorli osmono’par Olatovimiz timsoli, sofdillik, tozalik ramzi. Tadbirlarimiz milliy liboslar, milliy qadriyatlarni e’zozlash, targ’ub etishga qaratilgan”, - deydi yoshlar qo'mitasi vakili Talgat Qambarov. Qirg’iz qalpoqlarining oq, qora va ko’k turlari mavjud bo’lib, ular bezak hamda mato sifatiga qarab baholanadi. Ivitilgan sof qo’y junidan yaratiladigan ushbu libos qishu-yozda inson tanasiga mo’tadil harorat bag’ishlaydi. Sho’rolar davrida biroz diqqatdan chetda qolgan oq qalpoq hozirda Qirg’izistonda faxr bilan kiyiladi.
Aytish kerak, Qirg'izistonda rus tili hali ham rasmiy til. Rusiyzabon maktablar hamda ommaviy axborot vositalari, rus madaniyati nufuzi baland.
Yaqinda Rossiya yordamida Qirg’iziston qurolli kuchlarini modernizatsiya qilishga kirishilgan.
“Qirg’iziston patriotik kuchlari” deb nomlangan milliy harakatga ikki siyosiy partiya, jumladan qator sobiq amaldorlar va bir necha deputatlar kirgan.
Ko'proq...