Qirg'izistondagi jamoatchi muxbir. Siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy mavzularni yoritadi. Mamlakat janubidagi o'zbeklar hayotini tahlil qilib keladi.
Qirg’iziston poytaxtida o’tkazilgan xalqaro anjumanda “Afg’oniston, Markaziy Osiyo istiqboli va global hamkorlik” mavzusi muhokama qilindi.
Dastavval 50 zenit-raketa kompleksi va 100 dan ziyod tankka qarshi raketa tugatildi. Ikkinchi bosqichida yengil o’q otar qurollarni zararsizlantirish ko’zda tutilgan.
«Дружба» - «Достук» - «Дусти» nashri, Qirg’iziston-Tojikiston chegarasida etnik nizolarning oldini olishni ko’zlaydi.
Rivoyatlarga ko’ra, Imom Saraxsiy Qoraxoniylar davrida qadim O’zgan shahrida o’zining eng mashur asarini yaratgan.
Chingiz Aytmatov asari asosida "Qiyomat" spektakli sahnada qo'yildi. Teatr gavjum. Qiziqish kuchli.
Bobur nomli O'sh o'zbek akademik drama teatri o'zining 95- mavsumini Chingiz Aytmatov asari asosida sahnada qo'yilgan "Qiyomat" spektakli bilan boshladi. Tejamkorlik maqsadida bu gal afishalar kamtarona sahifalarda chiqarilgan bo'lsada, teatr maydoni gavjum, zal yana tomoshabinlarga to'la. "Qirg'izistonda xizmat ko'rsatgan artist Baxromjon To'xtamatov, artist Usmonjon Mamirovlar bilan bir qatorda bu gal Xasanboy Isoqov, Oksana Pelegina kabi yosh avlod vakillarini ko'rdik va bu quvonchli ko'rinish”,- deydi faxriy Odiljon Obidov.
Sudlarni tanlash uchun tuzilgan jamoatchilik kengashi a’zosi, o’shlik yosh iqtisodchi olim Alisher Yusupov bilan suhbatlashdik.
Pentagon Qirg’izistondagi "Manas" tranzit markazidan foydalanish muddatini uzaytirmaydi. Qo'shinlarini kelasi yil Ruminiyaga ko’chiradi.
Yirik siyosiy o’zgarishlar va etnik nizolarga sahna bo’lgan Qirg’izistonda qariyb uch yildan buyon parlament boshqaruvi mavjud.
Bu yil Qirg’izistonda kuz iliq va serhosil keldi. Faslning yarmi o’tib ham yog’ingarchilikdan darak yo’q. Oftob charaqlaydi, kunduzi harorat 23-27 gradus atrofida. Yig’im-terim avjida. Meva-sabzavot mo’l , arzon. Bir kilo piyoz 5 som, olmaning zo’ri 20-25, uzum 50-60 som. Bunaqasi yaqin-o’rtada bo’lmagan. Chorva uchun ham yetarli ozuqa jamlangan. Dehqonlar paxta narxi o’ta pastligidan noroziligini aytmasak, hammasi joyida. Qorasuvlik Habiba opa gul yetishtiradi. Ochiq havo, quyosh taftini olgan gullar dillarni yayratadi. Mahalliy gazetalar axboroticha, iliq havo tufayli isitish mavsumi odatdagidan kechroq boshlanishi ehtimol… Kuz – to’ylar mavsumi. O’shlik Boboyevlar xonadoni bugun kelin kutayapti, mehmonlarni husayni uzum bilan siylashadi. Topganingiz to’ylarga buyursin, azizlar!
Notinch Afg'onistondagi vaziyat Markaziy Osiyo xavfsizligi va istiqboliga qanchalik tahdid soladi? Qirg'izistonlik olim bilan suhbat.
Nasli yo’qolib borayotgan nodir jonivorni asrash uchun mintaqa mamlakatlari va xalqaro hamjamiyat nima qilishi mumkin?
Jalol-Obod shahridagi Islom ta’lim markazi direktori, taniqli ulamo Dilmurod hoji Orozov bilan suhbat qildik. Markaz nohukumat tashkilotdir.
Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga a’zo davlatlar Bishkekda mintaqaviy sheriklikka doir deklaratsiyani ma'qulladi.
O’zbekiston prezidenti Islom Karimov ham unda qatnashdi. Iqtisodiyot, Suriya va Afg’oniston kabi masalalar muhokama qilingan.
Qora o’lat kasalligi qayd etilgani haqidagi xabarlar ketidan yuqumli kasalliklarga qarshi kurash masalasi diqqat markazida turibdi.
Qirg’izistonda iqtisodiy jihatdan qiynalib qolgan oilalarga va yetimlarga xizmat ko’rsatish sifati keskin tushib ketgan.
Qirg'iziston hukumati bayonot berishda ehtiyotkor siyosat olib borayapti. Xalq uchun asosiy axborot manbai internet, g'arb matbuoti bo'lib qolmoqda.
Norasmiy yo’llar bilan madrasalarda o’qish ba’zilar nazarida ekstremistik kayfiyatga turtki berishi mumkin.
Regionda hamkorlik va integrasiya murakkab masala. Bu borada erkin muhokama olib borish qiyin, chunki tuzumlar oshkoralikdan yiroq.
Ko'proq...