Qirg'izistondagi jamoatchi muxbir. Siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy mavzularni yoritadi. Mamlakat janubidagi o'zbeklar hayotini tahlil qilib keladi.
"Ona yuragi" spektaklida Suriyaga yo’l olgan yigit taqdiri, uning xonadoni fojiasi haqida so’z boradi.
Qorasuvlik dorbozlar hamda xalq o’yinlari ustalari ko’plab mamlakatlarda olqishlarga sazovor bo’lgan. Qadim san’atni bugun ular festival ahliga tortiq qilmoqda.
Qorasuvlik dorbozlar, o'shlik artistlar, tatar, rus, qozoq va tojik ustalar O'shda jamul-jam bo'ldi.
Joriy yilning uch oyida 31 o’smir o’z joniga qasd qilgan. Ochilmay so’nayotgan, xazon bo’layotgan umrlar uchun kim javob beradi?
Kuzatuvchilar qirg’iz parlamenti qarorini demokratik tamoyillar tantanasi sifatida ta’riflamoqda.
Respublikada to’rt mingdan ortiq lo’li bor. Ular, asosan, janubda yashaydi. Markaziy Osiyo lo’lilarining turmush tarzi, ehtiyoj va orzu-umidlari o’xshash.
Mutaxassislar aholi orasida ekologik tarbiya ishlarini yo’lga qo’yish lozim deb keladi. Amaliy choralar ko'rilishi kerak.
Shayx Kamolov mamlakat prezidentiga murojaat qilib, radikal oqimlar targ’ibiga uchib, Suriyaga borib qolgan yoshlarni vatanga, tinch hayotga qaytarishga undamoqda.
O’tgan yil dehqon uchun qiyin kechdi. Narx o’ta pastligi sabab kartoshka, karam, pomidor ekkanlarning bozori kasod bo’ldi. Ko’pchilik katta zarar ko’rdi.
“O’tgan ishlarni kavlash tarafdori emasman. Hayotga real qarab, ijobiy o’y-amallar bilan oldinga intilish kerak”, - deydi Bo’riboy Jo’rayev, sobiq deputat.
Siyosatshunos Japar Birimqulov nazarida, gap munosabatlarni yangi bosqichga ko’tarish emas, balki ularni jonlantirish, avvalgi darajaga qaytarish haqida ketmoqda.
Qirg’izistonning O’sh viloyat Novqat tumanida tegishli darajada xavfsizlantirilmagan eski kon qayd etildi. O’tgan asrning birinchi yarmida bu joylarda uran va mis rudalari qazilgan.
7-aprel Qirg’izistonda ilk bor Xalq inqilobi kuni nomida rasman nishonlandi.
Chegaralar aniq belgilab olinishi kerak, aks holda ziddiyat ketidan ziddiyat kuzatilaveradi. Davlatlar muzokara va murosa yo'lidan borishi kerak, deydi mutaxassislar.
Shu kunlarda Qirg’iziston ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy tarmoqlarda O'zbekiston bilan chegara muammolari tez-tez tilga olinmoqda.
Qirg’izistonda muxolif kuchlar mamlakat janubida qurultoy o'tkazib, o'z talablarini olg'a surmoqda.
Bu dunyoda yaxshilikka, kelajakka ishonmagan ayolning o’zi bo’lmasa kerak. Aks holda u bu ulkan kuch-g’ayrat, irodani qaydan topardi?
Qirg’izistonda ekstremistik guruhlarning a’zolari qo’lga olingani haqida xabarlar ko'p. Huquq-tartibot organlari terrorizmga qarshi kurash choralarini kuchaytirmoqda.
Qirg’iziston Ta’lim vazirligi, respublika musulmonlari diniy idorasi, Din ishlari bo’yicha Davlat komissiyasi va Bishkekdagi Arabayev nomli universitet hamkorlikda tashkil etdi.
“Amerika ovozi” teatr direktori, taniqli aktyor va rejissor Nabijon Mamajonovni suhbatga chorladi.
Ko'proq...