Shohruh Hamro O'zbekiston va Amerika oliygohlarida ta'lim olgan. 10 yildan oshiq davrdan beri Vashingtondan turib, xalqaro masalalarni yoritib keladi. Diktor, prodyuser va muxbir.
AQSh Mudofaa vaziri Jim Mattisning ta’kidlashicha, Xitoyning Janubiy Xitoy dengizidagi xatti-harakatlari qo’shnilarni qo’rqitishga va bosim o’tkazishga qaratilgan.
NATO, Shimoliy Atlantika Shartnomasi Ittifoqi, iyulda Byusselda navbatdagi sammitini o’tkazishga tayyorgarlik ko’rmoqda. 29 a’zoli tashkilot oldidagi asosiy sinov - Rossiya bilan munosabatlarda keskinlik oshib borayotgani. NATOga yana to’rt mamlakat qo’shilish istagini bildirgan.
AQSh Adliya vazirligi hujjatsiz muhojirlarga ularning huquqlarini o’rgatuvchi dasturni qayta ko’rib chiqmoqda. Qariyb 20 nohukumat tashkilot tomonidan yuritiladigan bu kurslar ishlari immigratsiya sudida ko’rilayotgan odamlarga maslahat beradi. O’tgan yili 53 ming odamga shunday xizmat ko’rsatilgan.
Bir paytlar Keniyadagi qochqinlar lagerida jon saqlagan somalilik qochqin, Ilhan Umar, bugun Minnesota shtatida qonunchi. 36 yoshli ayolning yuksak muvaffaqiyatga erishgani dunyo bo’ylab musulmonlarga, ayniqsa xotin-qizlarga umid bag’ishlaydi.
Armanistonda hukmron partiya muxolifat liderining bosh vazirlikka nomzodini qo’llab-quvvatlashga tayyor. Parlament 8-may kuni ovoz beradi. Bir necha haftadan buyon mamlakatda namoyishlar tinmayotgan edi.
Vashingtonda 200 ga yaqin elchixona bor. O'zbekiston elchixonasi AQSh poytaxtining markaziy ko'chalaridan biri, Massachussetts avenyusida joylashgan.
1968-yilning mayida Fransiyada talabalar va ishchilar hukumatga qarshi bosh ko’targanida amaldagi Prezident Emmanuel Makron hali tug’ilmagan edi. Oradan 50 yil o’tib, Parij ko’chalarida yana yirik namoyishlar.
Armaniston muvaqqat bosh vaziriga ko’ra, agar barcha partiyalar rozilik bersa, mamlakatda yangi saylovlar o’tkaziladi. Ushbu bayonot Yerevan ko’chalarida olqishlanmoqda.
27-aprel kuni ikki Koreya rahbarlari o’rtasida ilk uchrashuv Panmunjom qishlog’ida bo’lib o’tadi. Bu qishloq Janubiy va Shimoliy Koreyani bir-biridan ajratib turadigan, qattiq qo’riqlanuvchi noharbiy zonada joylashgan. 1953-yilda Koreya urushiga yakun yasagan sulh shu yerda imzolangan edi.
AQSh va Xitoy o’rtasidagi savdo urushi, o’zaro ayblovlar amerikalik fermerlarni xavotirga solib qo’ydi. Xitoy boj solishni rejalayotgan mahsulotlarning katta qismi ular yashaydigan shtatlarda o’stiriladi. Donald Trampga ovoz bergan dehqonlar prezidentning savdo bo’yicha siyosatidan norozi.
Donald Tramp prezidentlikka saylanayotganida “siyosiy buzg’unchi” degan nom qozongan edi. Prezident sifatida ham tarixan shakllangan tartib-qoidalarga amal qilmaydi.
Rossiyada o’tgan prezidentlik saylovi natijasi rossiyaliklar uchun ham, G’arb ommasi uchun ham oldindan ma’lum edi. Putin yana olti yil davlatni boshqaradi. Kremlga ko’ra, saylov adolatli va shaffof o’tdi. Ayrim kuzatuvchilar 2024-yilda hokimiyat uchun kurash avj olishini bashorat qilmoqda.
AQSh maktablarida qayta-qayta ro’y bergan otishmalar ketidan o’quvchilar “Hech qachon” nomli harakat tuzib, qurollar savdosini cheklashga undamoqda. Fevralda Florida maktabida 17 kishi otib o’ldirilgani katta namoyishlarga turtki berdi. Qonunchilarga bosim o’tkazish kampaniyasiga yoshlar yetakchi.
Xitoyning 2011-yilda uchirilgan va hozirda ishdan chiqqan fazoviy apparati shu oy oxirida Yerga qulab tushishi kutilmoqda. Bu so'nggi 10 yillikda atmosferaga kiradigan eng yirik jism bo'ladi.
3D printerlari bugun qurilish sohasiga ham kirib kelmoqda. Yaqinda Texasda ana shunday printer orqali yasalgan uy namoyish etildi. Bu texnologiya rivojlanayotgan jamiyatlarda oilalar hayotini tubdan o’zgartirishi mumkin.
O’zini mohir muzokarachi deb biladigan Donald Tramp may oyida Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen Un bilan muloqotga rozi. Uchrashuv qayerda o’tishi hozircha noma’lum.
Donald Tramp kutilmaganda Davlat kotibi Reks Tillersonni vazifasidan ozod etdi. Markaziy Razvedka Boshqarmasi direktori Mayk Pompeo bu lavozimni egallashi kutilmoqda. Eron, Shimoliy Koreya yoki Rossiya masalasi bo’ladimi, kuzatuvchilarga ko’ra, Pompeoning qarashlari Trampniki bilan hamohang.
18-mart kuni Rossiyada prezident saylovlari. Poygada sakkiz nomzod qatnashmoqda, ammo haqiqiy siyosiy muxolifatning ovozi o’chirilgan. Saylov Kremlning G’arb bilan aloqalari keskinlashgan bir paytda o’tmoqda.
Koinot bugun chiqindiga to’la. Eskirgan kosmik appararatlarning qoldiqlari Yer atrofida uchib yurgan sun’iy yo’ldoshlar bilan, qolaversa, Xalqaro fazo stansiyasi bilan to’qnashib ketishi mumkin, deydi olimlar. Yechimlar ustida bosh qotirish kerak.
AQSh Kongressi 5-martgacha minglab noqonuniy muhojirga qanday maqom berish masalasini ko’rib chiqishi kerak edi. Ikki partiya bir-birini ayblamoqda.
Ko'proq...