Shohruh Hamro O'zbekiston va Amerika oliygohlarida ta'lim olgan. 10 yildan oshiq davrdan beri Vashingtondan turib, xalqaro masalalarni yoritib keladi. Diktor, prodyuser va muxbir.
Tramp ma’muriyati Venesuelada Maduro rejimi qulashiga ishonch bildirib kelmoqda. Ammo Janubiy Amerikadagi bu mamlakatga Rossiya harbiy yordamni oshirar ekan, ekspertlar fikricha, inqiroz davom etishi hamda Vashington va Moskva o’rtasidagi proksi-urush maydoniga aylanishi mumkin.
O'zbekistonning yangi ovozlari. Jorj Vashington Universiteti Markaziy Osiyo dasturi bu yosh mutaxassislarni shunday ataydi. Bugun ular "Amerika Ovozi" mehmoni bo'lishdi. Tanishdik!
Prezident Donald Tramp kelasi yil byujetida diplomatiya va tashqi yordam uchun mablag’ni kamaytirishni taklif etmoqda. Qonunchilar Davlat kotibi Mayk Pompeoni Kongressga chaqirib, bu masala yuzasidan uni savolga tutdi.
Asrlar davomida Afg’oniston madaniyatining ajralmas qismi bo’lgan musiqa Tolibon hukmronligi davrida man etilgan edi. Jangari guruh bilan urushni tugatish bo’yicha muzokaralar oldinja siljir ekan, afg’on musiqachilarini yana xavotir bosgan.
Kaliforniyada bir guruh o’quvchilar virtual fond birjasi yaratib, qimmatbaho qog’ozlar bilan savdo qilmoqda. Loyiha o’smirlarga moliya bozorini tushunishga, biznes yuritishni o’rganishga yordam beradi.
2020-yilgi prezidentlik saylovlarida Donald Trampni mag’lub qilaman degan demokrat nomzodlar maydonga chiqishda davom etmoqda. Yaqinda Texas shtatidan sobiq kongressmen Beto Orurk ham poygaga qo’shildi. E’londan 24 soat o’tmay, u 6 million dollardan ko’proq mablag’ to’plagan.
Donald Trampning 10 yil davomida shaxsiy advokati bo’lgan Maykl Koen yaqinda Kongressda prezidentni jinoiy ishlarga qo’l urganlikda aybladi. Uning bayonotlari ayrimlarga 1970-yillardagi “Votergeyt” mashmashasini yodga solmoqda. O’shanda Prezident Richard Nikson ishdan ketgan.
AQSh va Xitoy o’rtasida savdo va texnologiya sohalaridagi kelishmovchiliklar sarmoya va biznes qarorlarga ta’sirini o’tkazmoqda.
10 yildan oshiq Trampning advokati bo’lgan Maykl Koen Kongress huzurida prezidentni shunday so’zlar bilan tasvirladi. Uning da’vo qilishicha, Tramp tadbirkor sifatida ham, Oq uyga saylanganidan keyin ham turli jinoyatlarga qo’l urgan. Prezidentning partiyadoshlari uni himoya qilmoqda.
Amerikaning yirik shtatlaridan biri – Kaliforniya seysmoaktiv hududda joylashgan. Kichik zilzilalar bu yerda tez-tez qayd etiladi, ammo kattasiga ham tayyor turish kerak. Yer silkinishi haqida aholini ogohlantiruvchi tizim yaqinda ishga tushdi.
AQSh Yevropada yadroviy raketalarini joylashtiradigan bo’lsa, Rossiya G’arbga “asimmetrik” javob beradi. Prezident Vladimir Putin NATOga qarshi tahdid va tanqidlar yog’dirdi. AQSh va Rossiya bir-birini g’irromlikda ayblab, qurol nazoratiga doir 30 yillik kelishuvdan chiqishini aytmoqda.
Agar 1-margacha kelishuvga erishilmasa, Prezident Donald Tramp Xitoy mahsulotlariga tariflarni yanada oshirishini aytgan. Iqtisodiy qudrat bo’yicha birinchi va ikkinchi o’rinlarda turadigan ikki davlat savdo muzokaralarini davom ettirmoqda.
AQSh muvaqqat Mudofaa vaziri Patrik Shanahan ilk bor xorijga safar qildi. Shanaxan 2017-yildan beri Pentagonda ishlab keladi, vazir lavozimida doimiy qolishi hali aniq emas.
AQSh senatorlari Tramp ma’muriyatidan saudiyalik jurnalist Jamol Qoshiqchining o’limiga aloqador shaxslarni topib, jazolashni talab qilgan edi. Oradan to'rt oy o'tdi.
Xitoyning Shinjon viloyatida 10 million musulmon uyg’ur yashaydi. BMTga ko'ra, bir milliondan oshiq uyg’ur terrorizm, bo’lginchilik va boshqa ayblovlar bilan “qayta tarbiyalash” lagerlarida saqlanmoqda. Qiynoqlarni boshdan kechirgan bir uyg’ur ayol bilan suhbatlashdik.
5-fevral kuni Prezident Donald Tramp davlatning bugungi ahvoli haqida Kongress huzurida xalqqa hisobot beradi. Bu yilgi murojaat Oq uy va Kongress o’rtasida tortishuvlar avjiga chiqqan bir paytga to’g’ri kelmoqda.
Byudjet ustidagi keskin tortishuvdan keyin AQSh hukumati ishga tushib ketdi, ammo Prezident Tramp Meksika bilan chegarada qurishni rejalagan devor uchun mablag’ ajratilmadi. Muxolifat bilan muzokara qiyin kechmoqda. Bundan tashqari, prezidentning bizneslari, Rossiya bilan aloqalari tekshiruv ostida.
Amerikada bir oydan beri qisman yopiq turgan hukumat faoliyatini tiklash maqsadida Prezident Donald Tramp muxolifatga, demokratlarga immigratsiya masalasida taklif bilan chiqdi, ammo taklifi qabul qilinmadi. Tomonlar murosadan yiroq. Oq uy va qonunchilar kelisha olmayapti.
2018-yilda populist guruhlar Yevropani qamrab, Italiyada hokimiyatni egalladi, Vengriya va Polshada ular salmoqli kuchga ega. Fransiyada prezident iste’fosini talab qilgan namoyishar bo’ld. Populist to’lqin Yevropada ropada kelasi yilgi parlament saylovlari natijasiga ham ta’sir ko’rsatishi mumkin.
Tramp maʼmuriyati hamkor mamlakatda “islohotlar jadallashadi va huquq bilan bogʻliq ahvol yaxshilanaveradi”, degan umidda.
Ko'proq...