Afg'onistondagi muxlislarimiz/Uzbek audiences in Afghanistan VOA Uzbek
"Amerika Manzaralari" dasturini nafaqat Markaziy Osiyoda, balki qo'shni Afg'onistonda, ayniqsa o'zbeklar katta sonni tashkil etuvchi shimoliy viloyatlarda sevib tomosha qilishadi, asosan sun'iy yo'ldosh orqali. Biz bir necha yillar davomida Oyna televideniyasida efirga chiqar edik, ammo O'zbekiston hukumati bosimi ostida ushbu kanal biz bilan hamkorlikni to'xtatgan. Shunga qaramay Afg'onistonda muxlislarimiz ko'p. Samangonda Shaharvand FM 87.8 to'lqinlaridamiz, jonli tarzda, har kuni kech 7:30da. Yaqinda ushbu dasturimizning 500-sonini taqdim etganimiz munosabati bilan u yerdan ham ko'plab tabriknomalar, video murojaatlar keldi. Chin dildan minnatdorchilik bildirib, ularni sizning e'tiboringizga havola etamiz.
Shu mavzuda
Siz uchun
- 
Noyabr 03, 2025Amerika Manzaralari
 - 
Oktabr 27, 2025Amerika Manzaralari
 - 
Oktabr 20, 2025Amerika Manzaralari
 - 
Oktabr 13, 2025Amerika Manzaralari
 - 
Oktabr 06, 2025Amerika Manzaralari
 - 
Sentabr 29, 2025Amerika Manzaralari