15-fevral kuni Nyu-York shahrining Bruklin tumanidagi “Master” teatri yana o'zbekistonlik vatandoshlar bilan gavjum bo'ldi. 1300 dan ortiq tomoshabinni sig'diradigan zalda deyarli bo'sh o'rin qolmagan. Boisi 50/50, qo'shiq va kulgi konserti. Okean ortidagi yurtdoshlarni xushnud etish uchun estrada yulduzlari Shohruhxon, “Bojalar” solisti Jahongir Foziljonov, xonanda Shaxriyor va “Bravo” qiziqchilar guruhi O'zbekistondan kelishdi. Tashkilotchilar yulduzlarning Amerikada konsertini uyushtirishda faol bo'lgan Osiyo Kalenderova va Sug'diyona Isroilova boshchiligidagi “Star Entertainment” jamoasi. Bruklin tumani rahbari Erik Adams mehmonlarni olqishlab, faxriy yorliqlar taqdim etdi. Konsert vatanni sog’ingan muxlislarning kayfiyatini ko'tardi. Kattayu-kichik san'atkorlar ijodidan bahramand bo'ldilar.
"Bravo" Nyu-Yorkda konsert berdi - kim qanday baholadi?
Shu mavzuda
Siz uchun
- 
Noyabr 03, 2025Amerika Manzaralari
 - 
Oktabr 27, 2025Amerika Manzaralari
 - 
Oktabr 20, 2025Amerika Manzaralari
 - 
Oktabr 13, 2025Amerika Manzaralari
 - 
Oktabr 06, 2025Amerika Manzaralari
 - 
Sentabr 29, 2025Amerika Manzaralari
 
Facebook Forum