"Amerika Ovozi" ilk bor O'zbekiston qamoqxonalaridagi vaziyat bilan tanishdi. Dekabr oyida muxbirimiz Navbahor Imamova Toshkent viloyati Bo'stonliq tumanining Tovoqsoy qishlog'ida joylashgan 7-sonli jazoni ijro etish koloniyasida bo'ldi. Bu zonada 1000 mahkum bor. O'zbekiston Oliy Majlisining Inson huquqlari bo'yicha vakili, Ombudsman Ulug'bek Muhammadiyev deydiki, islohotlar samarasi o'laroq u bugun mamlakatdagi istagan hibsxona va qamoqxonaga kirib, vaziyatni o'rganishi mumkin. Xo'sh, ahvol bugun qanday? Amerika Ovozi Tovoqsoyga 2019-yilda yopilgan Jasliq qamoqxonasidan ko'chirilgan mahkumlar bilan ham gaplashdi. Maxsus dasturlarimizni shu sahifada tomosha qiling.
O'zbekiston qamoqxonalarida: "Amerika Ovozi" va Ombudsman Tovoqsoyda
Shu mavzuda
Siz uchun
- 
Mart 14, 2025Jonli efir: AQSh Ta'lim vazirligi taqdiri
 - 
Mart 09, 2025Afg'oniston gilamlari AQSh bozorida
 - 
Mart 07, 2025Oltin karta, Trampdan AQShga taklif
 - 
Fevral 28, 2025Jonli efir: Trampning Vashingtoni; tojikistonlik muhojir hibsda
 - 
Fevral 21, 2025Jonli efir: Tramp-Ukraina, deportatsiya
 - 
Fevral 14, 2025Markaziy Osiyoda suv xavfsizligi
 
Facebook Forum