Amerikaning o'nlab yirik shaharlarida namoyishlar tinmayapti. Ijtimoiy va iqtisodiy adolatsizliklardan noliyotgan omma minglab sonda poytaxt Vashingtonda, Nyu-York, Los-Anjeles, Chikago va Hyuston singari metropolislarda "Adolatsiz tinchlik bo'lmaydi", "Qora tanlilarning hayoti ham hayot", "Tramp prezidentlikdan ketsin", "Amerika, uyg'on", "Nafas ololmayapman" kabi shiorlar bilan hokimiyatlar oldida turib, bir-biriga jo'r bo'lmoqda. Hozirgacha mamlakat bo'ylab bunday namoyishlarda olti mingga yaqin amerikalik hibsga olingan. 3-iyunga qadar Milliy Gvardiyaning 20 mingdan oshiq askari tartibni saqlash uchun safarbar etilgan. Navbahor Imamova namoyishchilar orasidan hikoya qiladi.
"Adolatsiz tinchlik bo'lmaydi": AQShda namoyishlar tinmayapti
Ijtimoiy-iqtisodiy adolatsizliklardan noliyotgan omma Vashington, Nyu-York, Los-Anjeles, Chikago va Hyuston singari shaharlarda "Adolatsiz tinchlik bo'lmaydi", "Qora tanlilarning hayoti ham hayot", "Tramp prezidentlikdan ketsin", "Amerika, uyg'on", "Nafas ololmayapman" kabi shiorlar bilan ko'chada.
Shu mavzuda
Siz uchun
-
Mart 14, 2025
Jonli efir: AQSh Ta'lim vazirligi taqdiri
-
Mart 09, 2025
Afg'oniston gilamlari AQSh bozorida
-
Mart 07, 2025
Oltin karta, Trampdan AQShga taklif
-
Fevral 28, 2025
Jonli efir: Trampning Vashingtoni; tojikistonlik muhojir hibsda
-
Fevral 21, 2025
Jonli efir: Tramp-Ukraina, deportatsiya
-
Fevral 14, 2025
Markaziy Osiyoda suv xavfsizligi
Facebook Forum