Jonli efir: Oq uy oldida norozilik namoyishlarining sakkizinchi kuni. Mamlakat bo'ylab 11 mingga yaqin amerikalik tartibni buzganlikda gumon qilinib, hibsda. O'nlab odam halok bo'lgan, jumladan politsiyachilar. Yirik shaharlarda irqchilikka, ijtimoiy-iqtisodiy adolatsizliklarga qarshi chiqishlar to'xtamayapti. Oq uy namoyish qilish uzviy huquq deya tan olsa-da, xavfsizlikka tahdid solganlarga nisbatan kuch ishlatiladi, deya ogohlantirib turibdi. Politsiya, Milliy Gvardiya va qo'shimcha harbiy kushlar shay holatda. 25-may kuni Minnesota shtatida 46 yoshli qora tanli Jorj Floyd politsiya qo'lida jon bergan. Politsiyachi ikkinchi darajali qotillikda ayblanmoqda. Yana uch politsiyachi ustidan jinoyat ishi ochilgan. Floyd o'limidan keyin boshlangan namoyishlar 30 ga yaqin shtatda kuzatilmoqda. Oxirgi uch kundagi chiqishlar nisbatan tinch va tartibli kechgan.
Jonli efir: Namoyishlar nisbatan tinch va tartibli o'tmoqda
Shu mavzuda
Siz uchun
- 
Mart 14, 2025Jonli efir: AQSh Ta'lim vazirligi taqdiri
 - 
Mart 09, 2025Afg'oniston gilamlari AQSh bozorida
 - 
Mart 07, 2025Oltin karta, Trampdan AQShga taklif
 - 
Fevral 28, 2025Jonli efir: Trampning Vashingtoni; tojikistonlik muhojir hibsda
 - 
Fevral 21, 2025Jonli efir: Tramp-Ukraina, deportatsiya
 - 
Fevral 14, 2025Markaziy Osiyoda suv xavfsizligi
 
Facebook Forum