Surxondaryo viloyati Afg’oniston, Tojikiston va Turkmaniston bilan tutashgan. O’zbekistonning Termiz shahrini Afg’onistonning Hayraton shahri bilan Amudaryo ustidan o’tgan “Do’stlik” ko’prigi bog’lab turadi. Bu yerdan har kuni katta miqdorda mahsulot o’tadi, yuzlab odamlar qatnaydi. Import-eksport bilan mashg’ul insonlar uchun “Karvonsaroy” ochiq. Chegarada yirik yuk tashish markazi faoliyat yuritadi. Mutasaddilarga ko’ra, Afg’onistonga xorijdan yordam yetkazish uchun sharoit muhayyo. Xalqaro tashkilotlar, turli davlatlar foydalanmoqda. Termizda Afg’oniston konsulligi hali yangilanmagan, ammo u ham ochiq. O’zbekistondagi afg’onistonliklar, xususan tadbirkorlar va ziyolilar madadga muhtoj. Tolibon boshqarayotgan Afg’oniston dunyo bilan hamkorlikni yo’lga qo’yishga, xalqaro hamjamiyat bilan til topishishga urinar ekan, unga qo’shni Surxondaryo viloyatining ahamiyati yanada yuqori. Hokim To’ra Bobolov bilan muloqotdamiz.
To'ra Bobolov: Afg'oniston bilan chegaradosh viloyat hokimi nimaga qodir?
Shu mavzuda
Siz uchun
-
Noyabr 03, 2025Amerika Manzaralari
-
Oktabr 27, 2025Amerika Manzaralari
-
Oktabr 20, 2025Amerika Manzaralari
-
Oktabr 13, 2025Amerika Manzaralari
-
Oktabr 06, 2025Amerika Manzaralari
-
Sentabr 29, 2025Amerika Manzaralari
Facebook Forum