Breaking News

Tramp Kongressning har ikki palatasiga murojaat etadi


Seshanba kuni AQSh Prezidenti Donald Tramp Kongressning har ikki palatasiga murojaat qilishi kutilmoqda. So’nggi bor Tramp qonunchilik organida 2017-yil fevralida ma’ruza qilgan.

Xalqaro hayot - 3-mart, 2025-yil - Yevropa Zelenskiyga dalda bermoqda
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:09:27 0:00

Bu kabi chiqishlarda davlat rahbari odatda ma’muriyatining ichki va tashqi siyosatini tushuntiradi. Tramp bu yilgi murojaatida Ukraina urushi va Yaqin Sharqdagi vaziyatga e’tibor qaratishi kutilmoqda.

“Men tinchlik o’rnatilishini istayman. Urushning yana 10 yilga cho’zilishini xohlamaymiz”, - dedi Tramp Ukraina urushi bo’yicha fikr bildirarkan.

G’azoga kelganda AQSh rahbari uni qayta qurish istagini bildirgan, biroq bundan oldin falastinliklarni Misr va Iordaniyaga ko’chirishni taklif etmoqda.

“Qo’shma Shtatlar bu yerga egalik qilib, uni rivojlantirib, minglab ish o’rinlarini yaratib, uni ajoyib maskanga aylantiradi”, - degan edi Tramp 4-fevral kuni Isroil bosh vaziri bilan uchrashuv chog’ida.

Mamlakatlarga tariflar qo’yishini aytib kelayotgan Tramp qonunchilarga bu qarori ortidagi sabablarni tushuntirishi ham kutilmoqda.

"Tramp tariflar joriy etsa, ishlab chiqaruvchilarga bu qimmatga tushib, ular tariflarga uchramaslik maqsadida ishlab chiqarishni AQShga qaytaradi deb o’ylayotgan bo’lishi mumkin”, - deydi Texas universiteti dotsenti Shennon Bau Obrayen.

Tramp davlat xarajatlarini qisqartirish, isrofgarchilikka barham berish, federal xizmatchilar sonini kamaytirish kabi tanqidlarga uchrayotgan siyosatini ham tushuntirishi mumkin.

“Tramp buni xarajatni tushirishga qaratilgan chora deb izohlashi va bu chora samara berishini aytishi mumkin”, - deydi Obrayen.

An’anaga ko’ra, muxolifat prezidentning ma’ruzasiga munosabat bildiradi. Demokratlar senator Elissa Slotkinga ana shunday vazifani yuklagan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG