Tojikistonning Zarafshon vohasi nafaqat go’zal tabiati, sho’shqin daryosi, uzoq tarixi balki shoirtabiat insonlari bilan ham ardoqlidir. O’zbekning barlos, tuyoqli, laqay, ming urug’lari hali ham bu hududda o’z qadr-qiymatlarini saqlab kelmoqda. Panjakent nohiyasining Sho’rnova, Yamonqiya, Chinor, So’jina, Toshmunor, Sarazm singari qadim qishloqlarida asosan o’zbeklar yashaydi. Bu zaminda Abu Abdulloh Ro’dakiy, Loyiq Sherali, Kamol Nasrulloh, Sherali Sokin, Sorbon singari ulug' adiblar tug’ilib o’sgan. Hozir ham jamoatchilik chaqmoq singari yashnayotgan ijodkorlarni hurmat bilan qarshilaydi. She’rxonlik kechalari doimiy hol. Ushbu suratlar shu tadbirlarni aks ettiradi.
Zarafshon vohasining yosh ijodkorlari davrasida

9
Erkagu-ayolmi farqi yoq, asosiy ulov qadim vaqtlardagidek hanuz eshak bo'lib qolmoqda

10
Chorbog' qishloq o'quvchilari ijodkorlar bilan uchrashuvda

11
Qishloq maktablarida ijodkorlar bilan uchrashuvlar har doim mana shunday gavjum o'tadi

12
Panjakentning Chinor qishloq jamoatiga qarashli Toshmunor qishloq maktabida o'zbek ijodkorlarini kutib olishmoqda