Shohruh Hamro O'zbekiston va Amerika oliygohlarida ta'lim olgan. 10 yildan oshiq davrdan beri Vashingtondan turib, xalqaro masalalarni yoritib keladi. Diktor, prodyuser va muxbir.
Bobur Malikov, 30 yildirki, AQShda yashaydi. 1993-yil boshida Vashingtonga elchi sifatida kelib, vatanga qaytmadi. O'zbekistonning birinchi adliya vaziri va AQShdagi ilk bosh diplomati. 75 yoshga kirgan arbob uzoq yillar AQSh diplomatlariga murabbiylik qildi, hozirda nafaqada. Intervyuning 1-qismi.
O'zbekistondan olti jurnalist va bloger ayni damda AQSh bo'ylab safarda, malaka oshirmoqda. "Amerika Ovozi"ga ham tashrif buyurishdi va Navbahor Imamova bilan gurunglashishdi. Asosiy mavzular - O'zbekistondagi bugungi muhit, referendumoldi kayfiyati va erkinlik darajasi.
O’zbekiston hukumati va o’zbekistonliklar turk xalqi boshiga tushgan musibatga hamdard bo’lib, yordamga oshiqmoqda.
"Amerika Ovozi" bilan eksklyuziv intervyuda AQShning Toshkentdagi yangi elchisi Jonatan Henik bugungi prioritetlar va o'z maqsadlarini tushuntirdi. Diplomat nazarida O'zbekiston ancha yangilangan, lekin demokratik taraqqiyot, siyosiy va iqtisodiy islohotlar uzoq vaqt va qattiq mehnat talab qiladi.
O'zbekistonning AQShdagi elchisi Javlon Vahobov bilan Qoraqalpog'iston, AQSh, viza, vatandoshlar, diplomatiya va bugungi masala va vazifalar haqida keng qamrovli suhbatdan parcha. Intervyu to'liq holda shu kanalda.
O'zbekistonning AQSh va Kanadadagi elchisi Javlon Vahobov bilan Qoraqalpog'iston, Amerika davlat idoralari va nodavlat tashkilotlari bilan aloqalar, Vashington-Toshkent strategik sherikligi, vatandoshlar, konsullik xizmatlari va elchilik haqida keng qamrovli muloqot. Suhbatning 1-qismi.
Atlantika okeaniga olib chiqadigan Chesapik bo'g'ozi bo'yidagi qishloqlardan biridamiz. Virjiniya shtati. Uch oy O'zbekistonni aylanib, media muhitni o'rgangan jurnalist Sheril Rid shu yerda yashab, ijod qiladi. U bilan suhbatimizdan bir shingil.
Oxirgi 10 yildan buyon Tojikiston iqtisodiyoti 6-7 foizga o’sib kelmoqda. Hukumat so’nggi ikki yilda ijobiy savdo balansiga erishgan, ya’ni respublika ko’proq mahsulot eksport qilyapti. Ammo sarmoya muhiti sezilarli darajada yaxshilanmagan.
AQShda namoyish va tartibsizliklar avj olgan paytda harbiylar qanday rol o’ynagani keskin bahslarga sabab bo’lmoqda. Amerikada harbiylar o’zini siyosatdan xoli deb biladi.
Donald Tramp va uning tarafdorlari “Obamageyt” deb atalmish konspiratsion nazariyani olg’a surmoqda. Unga ko’ra, 2016-yilgi saylovga Rossiyaning aralashuviga doir tergovni sobiq prezidentning shaxsan o’zi uyushtirgan. Bu gaplar noyabr oyidagi saylovdan oldin tarqatilmoqda.
Prezident Donald Tramp 24-25-fevral kunlari Hindistonga tashrif buyuradi. Har ikki tarafning bildirishicha, katta savdo shartnomasi imzolanishi kutilmayapti. AQSh rahbari uni Hindistonda millionlab odam tantana bilan kutib olishi haqida maqtanmoqda.
AQSh Davlat kotibi Mayk Pompeoning jurnalist bilan tortishuvi va undan keyingi voqealar Tramp ma’muriyati davrida erkin matbuotning roli yemirilib borayotgani haqidagi xavotirlarni oshirmoqda. Kuzatuvchilarga ko’ra, avtokratik rejimlar ham Vashingtondan o’rnak olishi achinarli hol.
AQShda yashovchi o'zbekistonliklar 150-Shayxontohur okrugidan parlamentga ko'rsatilgan besh nomzodga ovoz berdi. O'zbekistonning Vashingtondagi elchixonasida tashkil etilgan 12-saylov uchastkasida bo'lib, saylovchilar va kuzatuvchilar bilan suhbatlashdik.
O'zbekistonda 20:00 da barcha saylov uchastkalari yopilgan bir paytda, O'zbekistonning AQShdagi elchixonasida ovoz berish davom etayotgan edi. Elchixonaga borib jarayon bilan tanishdik.
AQSh elchisi Daniel Rozenblum O'zbekistonda 2019-yilning yozida ish boshladi. Oldiga qanday maqsadlar qo'ygan? Viloyatlarni aylanar ekan, xalq bilan bog'lana olayaptimi? Hukumat nima deyapti? Amerikaning Toshkentdagi bosh diplomati mamlakatda siyosiy islohotlarga guvohmi? Intervyu tez orada efirda.
So’nggi kunlarda Iroqning qator shaharlarini namoyishlar qamrab oldi. Xavfsizlik kuchlari o’nlab odamni otib o’ldirgan. Bag’dodda komendantlik soati joriy etilib, qator rayonlarda internet uzildi. AQSh Iroq hukumatini bosiqlikka chaqirmoqda. Mazhablararo nizolar avj oladi degan xavotir bor.
Ko'proq...