Shohruh Hamro O'zbekiston va Amerika oliygohlarida ta'lim olgan. 10 yildan oshiq davrdan beri Vashingtondan turib, xalqaro masalalarni yoritib keladi. Diktor, prodyuser va muxbir.
Kongress ma'qullasa, AQSh 2020-yilda O'zbekistonga 20 million dollarlik harbiy yordam beradi. Ta'lim sohasi uchun ham o'nlab million dollarlik ko'mak dasturi ishlab chiqilgan. Biroq, Vashington nazarida, Prezident Mirziyoyev effektiv islohotchimi? AQSh Davlat kotibi muovini Elis Uells bilan suhbat.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spiker oʻrinbosari, Oʻzbekiston Ekologik Partiyasi lideri Boriy Alixonov "Amerika Ovozi" bilan eksklyuziv intervyuda ekologiya, Oʻzbekistondagi siyosiy-ijtimoiy muhit, islohotlar koʻlami, tub muammolar va siyosiy partiyalar haqidagi savollarga javob berdi.
O'zbekiston Elektron OAV Assotsiatsiyasi rahbari, yaqindan beri "O‘zbekkino" milliy agentligi bosh direktori, shuningdek, Vashingtondagi tadbir tashkilotchisi, madaniy meros bo'yicha jamiyat raisi Firdavs Abduholiqov "Amerika Ovozi" bilan suhbatlashar ekan, bu sohalarning har biri haqida so'radik.
O'zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov AQSh poytaxtida ikki amerikalik arbobga - kongressmen Trent Kelli va olim Frederik Starrga "Do'stlik" ordeni taqdi.
O'zbekiston madaniy merosini o'rganish, asrab-avaylash va targ'ib qilish bo'yicha jahon jamiyati bor. Maqsad - respublika va dunyo bo'ylab mamlakat qadim tarixi va durdonalari haqida bilim ulashish, shuningdek, nodir asarlar va ashyolarni ro'yxatga olib, bir tizimga kiritish. Vashingtonda anjuman.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining Nyu-Yorkdagi yillik sessiyasida, qolaversa uning atrofida kechayotgan tadbirlarda uyg'urlar masalasi keng muhokamada.
BMT Bosh Assambleyasi yillik sammitini har yili minglab jurnalistlar yoritadi. Katta maxsus matbuot markazi ochiladi. Dunyo rahbarlari birma-bir so'zga chiqib, manfaatlar va xalqaro majburiyatlar haqida so'zlar ekan, muxbirlar tinimsiz mehnatda. Internetsiz faoliyatni tasavvur qilib bo'lmaydi.
BMT Bosh Assambleyasining yillik sessiyasi arafasida AQSh Davlat kotibi Mayk Pompeo Markaziy Osiyo tashqi ishlar vazirlari bilan muloqot qildi. C5+1 formatidagi dialog shu kungacha nima samara berdi? AQSh Davlat kotibi muovini Elis Uells bilan suhbatlashdik. Tez orada tomosha qiling.
"Toshkent" Respublika fond birjasi boshqaruv raisi Bekzod Usmonov bilan Vashingtonda suhbat. Birjaning yaqin o'tmishi va bugungi faoliyati. Kapital bozorini kim rivojlantirmoqda? Amerika bu borada qanday yordam bera oladi? Toshkent-Vashington, Toshkent-Nyu-York orasidagi muzokaralar.
Uzbekistan's Capital Market Development Agency Director Atabek Nazirov talks to VOA's Navbahor Imamova about how he wants to build a new space for domestic capital and investment, and how the United States can support his country to succeed in its unprecedented journey.
O'zbekistondagi eng yosh mustaqil idoralardan biri - Kapital bozorini rivojlantirish agentligi. Uning direktori Amerikada ulg'aygan o'zbek bankiri Otabek Nazirov bo'lib, shu kunlarda bu rasmiy Vashington va Nyu-Yorkda muzokaralar olib bordi. Maqsad nima? Navbahor Imamova u bilan suhbatlashdi.
How can Uzbekistan improve its place in the international ratings that investors around the world rely on? The Johns Hopkins University's Center for Civil Society Studies and the Uzbek Embassy in Washington are hosting a three-day seminar for high level officials from Tashkent. Interview.
O'zbekiston xalqaro reytinglardagi o'rnini yaxshilash uchun nima qilishi kerak? Vashingtonda O'zbekistondan kelgan yuqori darajali delegatsiya mana shu mavzuda uch kunlik seminarda. Amerikalik ekspertlar mezbon va murabbiy. "Amerika Ovozi" bilan intervyular. Shu yerda kuzatib boring.
Prezident Donald Tramp Shimoliy Koreya bilan diplomatik muloqot joyida desa-da, Pxenyan toqati toq bo’lganini bildirmoqda. AQSh rahbari Kim Chen Un bilan Singapurda uchrashib, bitim imzolaganiga bir yil to’ldi. O’shandan buyon hech narsa o’zgargani yo’q.
AQSh rahbari Markaziy Amerikadan kelayotgan muhojirlar oqimini to’xtat deya, Meksikaga bosim o’tkazmoqda. Bu davlat chora ko’rmasa, mahsulotlariga tarif qo’ymoqchi. Ikki davlat rasmiylari ushbu qadam har ikki mamlakat iqtisodiyotiga zarar bo’lishini aytmoqda.
Bir necha hujumlar ketidan dunyo bo’ylab masjidlarda Ramazon oyida xavfsizlik choralari kuchaytirilgan. “Amerika Ovozi” Vashington atrofidagi masjidlarda bo’ldi.
Yaqinda 30 mamlakat rasmiylari Pragada uchrashib, 5G yangi aloqa tarmog’ining xavfsizligini ta’minlash uchun birgalikda harakat qilishga kelishib oldi. Ularning xavotiri shundaki, Xitoy kabi davlatlarda texnologiya kompaniyalari davlat ta’siri ostida.
Xitoy o'zining “Kamar va yo’l” tashabbusini 150 dan ortiq mamlakatda sarmoya va infrastruktura qurilishini o’z ichiga olgan taraqqiyot strategiyasi deya targ’ib qiladi. Tanqidchilar nazarida esa “Kamar va yo’l” tashabbusi aslida Xitoy ta’sirini kengaytirishga qaratilgan.
Qo’shma Shtatlar Erondan neft xarid qilayotgan besh davlatni sanksiya bilan qo’rqitmoqda. Vashington talabiga bo’ysunish uchun ularga 1-maygacha muhlat berilgan. Eron neftining eng katta xaridori Xitoy va qo’shni Eron AQSh qarorini qoralamoqda.
Ko'proq...